So'ngi yangiliklar
Bosh sahifa / Question / Вактинча Ишламаганда алимент тулови канака туланади

Вактинча Ишламаганда алимент тулови канака туланади

Barcha savollarРубрика: QuestionsВактинча Ишламаганда алимент тулови канака туланади
0 +1 -1
Umid спросил 2 года назад

Вактинча Ишламаганда алимент тулови канака туланади, нечи пул тулаш мумкин конун асосида.  

1 ответ
1 +1 -1
Best Answer
G'ayrat Bozorov Админ. ответил 2 года назад

Bunday hollarda aliment to’lovi davom etadi. Bunda sud ijrochilari aliment to’lovchining ish haqi miqdorini belgilashda O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi tomonidan Sud ijro departamenti hududiy bo’limlariga yuboriladigan O’zbekiston Respublikasi bo’yicha o’rtacha oylik nominal ish haqi miqdori to’g’risidagi ma’lumotida belgilangan o’rtacha nominal ish haqiga asoslanadi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi tomonidan 24.11.2016 dagi 4877/L sonli xati asosida berilgan ma’lumotdagi o’rtacha nominal ish haqi qo’llanilmoqda. Unga ko’ra, aliment hisoblashda qo’llaniladigan o’rtacha oylik nominal 989 728,2 so’mni tashkil qiladi. Bunday ma’lumot barcha sud ijrochilarida bor.
Shundan kelib chiqqan holda, aliment hisoblab chiqiladi.

Masalan, siz 1 ta farzandiz uchun aliment olsangiz, uning miqdori ishlamaydigan aliment to’lovchi uchun yuqoridagi oylik ish haqining 25%ini tashkil qiladi, ya’ni (989 728,2/4=247 432) 247 432 so’mni tashkil qiladi. 2 ta bola uchun esa, 1/3 qismi, ya’ni (989 728,2/3=329 909) 329 909 so’mni tashkil qiladi.

Demak, aliment to’lovchining ishlamasligi uning aliment to’lamasligiga olib kelmaydi.

Umid ответил 2 года назад

чундим рахмат Гайрат ака

5
12
G'ayrat Bozorov Админ. ответил 2 года назад

Arzimaydi

13
6