So'ngi yangiliklar
Bosh sahifa / Question / Agar men yakshanba kuni ishga chiqishdan bosh tortsam, ishdan bo‘shatishlari mumkinmi?

Agar men yakshanba kuni ishga chiqishdan bosh tortsam, ishdan bo‘shatishlari mumkinmi?

Barcha savollarРубрика: Dam olish vaqtiAgar men yakshanba kuni ishga chiqishdan bosh tortsam, ishdan bo‘shatishlari mumkinmi?
0 +1 -1
User Админ. спросил 2 года назад

Bizning tipografiyamiz katta va shoshilinch buyurtma qabul qildi. Boshlig‘imiz hammani yakshanba kuni ham ishga chiqishga majburladi. Lekin, uyimda yosh farzandlarim bor, erim ham yakshanba kuni ishga chiqishim kerakligidan norozi. Agar men yakshanba kuni ishga chiqishdan bosh tortsam, ishdan bo‘shatishlari mumkinmi?

1 ответ
0 +1 -1
G'ayrat Bozorov Админ. ответил 2 года назад

Yo‘q, mumkin emas. Mehnat kodeksining 130-moddasiga muvofiq, dam olish kunlarida ishlatish taqiqlanadi. Ish beruvchining farmoyishi bo‘yicha ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, – ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Bundan tashqari, xodimlarni ular dam oladigan kunlari ishga jalb etish Mehnat kodeksida belgilangan cheklashlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Mehnat kodeksining 228-moddasina muvofiq, homilador ayollarni va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 

Izoh: Ushbu savol-javob mehnat.uz saytidan olingan.