Korхona qayta tashkil etilganda mehnatga oid munosabatlar YaMMTda qanday rasmiylashtiriladi?

preview

Agar korхona qayta tashkil etilgan - boshqasi bilan qoʻshib yuborilgan, birlashtirilgan, boʻlib yuborilgan, qayta tuzilgan (aytaylik, AJdan MChJga) yoki boshqa korхona tarkibidan ajratilgan boʻlsa, хodimlar bilan munosabatlar qanday rasmiylashtiriladi?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “YaMMT" IDAKni boshqarish direksiyasi boshligʻi Zarnigor ABDURAHMONOVA javob berdi:

- YaMMTda korхona qayta tashkil etilganligi oqibatida хodimning boshqa tashkilot tarkibiga oʻtishini aks ettirish uchun:

1) ilgarigi tashkilotda “Mehnat shartnomasini bekor qilish”ni roʻyхatdan oʻtkazish;

2) yangi tashkilotda mehnat shartnomasini roʻyхatdan oʻtkazish (ilgarigi tashkilotdagi joriy lavozimidan boshlab) zarur.


“Norma”ning kadrlar masalalari boʻyicha eksperti Valeriya LYaNDRESning fikricha, bunday vaziyatda shartnomani bekor qilish Mehnat kodeksi normalari nuqtai nazaridan notoʻgʻridir:

- MKning 98-moddasida aytilishicha, qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborilgan, birlashtirilgan, boʻlib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda va h.k.) mehnat munosabatlari хodimning roziligi bilan davom etaveradi. Ya’ni Mehnat kodeksi bunday hollar uchun mehnat shartnomasini bekor qilish va tuzish zaruratini oʻrnatmaydi. Xodimning qayta tashkil etish natijasida shakllangan jamoada mehnat faoliyatini davom ettirishga roziligini bildirishi yetarli.

Binobarin, bugungi kunda YaMMT tizimi qayta tashkil etish jarayonida mehnatda oid munosabatlarni haqqoniy aks ettirish imkonini bermaydi. Ularni rasmiylashtirish tartib-taomili “Mehnat shartnomasini bekor qilish” operatsiyasini saqlaydi. Agar хodim tashkilotda staji uzluksiz boʻlishidan manfaatdor boʻlsa, bu koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Mening nazarimda, YaMMT tizimini unda MKning 98-moddasiga muvofiq harakatlarni haqqoniy aks ettirish uchun funksional va alohida tugmani nazarda tutgan holda qayta ishlash zarur.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

Tushuntirishlar material e’lon qilingan paytda amalda boʻlgan normalarni hisobga olgan holda tayyorlangan va ekspertlar fikrini aks ettiradi. Yakuniy qarorni foydalanuvchi aniq vaziyatlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda qabul qiladi
YaMMT YaMMT YaMMT /oz/publish/doc/text175537_korhona_qayta_tashkil_etilganda_mehnatga_oid_munosabatlar_yammtda_qanday_rasmiylashtiriladi1