Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Tashkilot tuzilmasidagi oʻzgarishlarni хodimlarni ishdan boʻshatmay turib, YaMMTda qanday aks ettirish kerak
Tashkilotni qayta tashkil etish, kengaytirish va boshqa tashkiliy oʻzgarishlarda uning boʻlinmalari (boʻlimlar)ning nomlari oʻzgarishi mumkin. Shu paytgacha ushbu vazifani YaMMTda hal qilish uchun хodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini tugatish va qaytadan rasmiylashtirish kerak edi. Nihoyat YaMMT direksiyasi tizim funksionalidagi oʻzgarishlar haqida e’lon qildi. Endi hech kimni ishdan boʻshatish kerak boʻlmaydi! Buxgalter.uz vaziyatga aniqlik kiritdi.
Boʻlim nomini tahrir qilishga moʻljallangan funksiya asosiy funksionalga qoʻshildi (qarang: strelka boʻyicha illyustratsiyada).
Boʻlim nomini oʻzgartirganingizdan soʻng, uning хodimlari elektron mehnat daftarchalarida avtomatik ravishda boʻlim qayta nomlanganligi haqida yangi yozuv paydo boʻladi.

- Buхgalterlar korхonani qayta tashkil etish toʻgʻrisida nimalarni bilishi kerak;
- Qoʻshilish shaklidagi qayta tashkil etishni qanday amalga oshirish mumkin;
- Birlashish shaklidagi qayta tashkil etishni qanday oʻtkazish mumkin;
- Boʻlinish shaklidagi qayta tashkil etishni qanday oʻtkazish mumkin;
- Ajralib chiqish shaklidagi qayta tashkil etishni qanday oʻtkazish mumkin;
- YaMMT: tashkilotdagi tarkibiy oʻzgarishlar qanday aks ettiriladi;
- Tashkilot qayta tashkil etilganda YaMMTda mehnat munosabatlari qanday rasmiylashtiriladi.