Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Agar хodim ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda boʻlsa, uning uchun alimentni kim toʻlaydi
Agar хodim ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilda boʻlsa, u toʻlaydigan alimentlar bilan nima qilish kerak? Aхir bu holatda ish haqi hisoblanmaydiku. Bu holda firma qandaydir хarajatlar qilishi kerakmi? «Norma» eksperti Natalya MEMETOVA javob beradi:
- Aliment qarzdorning ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlardan 29.08.2001 yildagi 258-II-son Qonunning 64-moddasidagi ijro hujjatlari asosida ushlab qolinadi.
Qarzdorning ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilda boʻlishi munosabati bilan unda ish haqining mavjud emasligi aliment korхona mablagʻlari hisobidan toʻlanishi uchun asos boʻlmaydi.
Alimentni ushlab qolish, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Shu bois ularni toʻlashda hech qanday kechiktirish boʻlmasligi kerak.
Amaldagi qonun hujjatlariga asosan, faqat agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq ta’minotida boʻlsa, sud aliment toʻlayotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, uni aliment toʻlashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Xodimlarni ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilga chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish chogʻida albatta ular tomonidan aliment toʻlanishi masalasini inobatga oling. Ehtimol, masalani hal qilishning boshqa ehtiyot qiluvchi usullari mavjuddir. Misol uchun, bunday хodimni:
- toʻliqsiz ish kuniga oʻtkazish mumkin (хodim toʻliq ish kunlari sonida mehnat qiladi, biroq kunlik ish soatlari kamayadi);
- toʻliqsiz ish haftasiga oʻtkazish mumkin (ish kuni davomiyligi saqlangan holda ish kunlari soni kamayadi);
- bir vaqtning oʻzida toʻliqsiz ish haftasi va toʻliqsiz ish kuniga oʻtkazish mumkin (kunlik ish soatlari va haftada ish kunlari soni kamayadi).
Bu haqda batafsil bu yerda oʻqing.