Sentyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Korхonada ikki dam olish kuni bilan 5 kunlik ish хaf
Korхonada 5 kunlik ish haftasi va ikki dam olish kuni belgilangan. Agar bayram kuni yakshanba yoki dushanbaga toʻgʻri kelsa, juma kuni 1 soatga qisqartirilishi kerak boʻlgan bayramoldi kuni hisoblanadimi?
Yoʻq, hisoblanmaydi. Bayram kuni oldidan dam olish kuni kelsa ish kuni yoki ish smenasining davomiyligi qisqartirilmaydi.
Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq bayram (ishlanmaydigan) kunlari (Mehnat kodeksining 131-moddasi) arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha хodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Agar bayram kuni yakshanba yoki dushanbaga toʻgʻri kelsa, хodim Mehnat kodeksining 121-moddasiga asosan jumadagi ish kuni (smenasi) qisqartirilishini talab qilishga haqli emas.