Kasaba uyushmalari federatsiyasi 2022 yil uchun Jamoa shartnomasi maketini ishlab chiqdi

preview

2022 yil uchun Jamoa shartnomasining umumiy maketi tarmoq va hududiy kasaba uyushmalari organlarining takliflarini, shuningdek qonunchilikdagi oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

 

 «2021 yil davomida oʻz kuchini yoʻqotgan bir qator qonunosti hujjatlarining normalari maketdan chiqarib tashlangan. Federatsiya хabariga koʻra, bunda barcha tashkilotlarning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati «Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi»ga muvofiq amalga oshirilishi kerakligi belgilangan».

Soliq kodeksidagi talablarni hisobga olgan holda hujjatda хom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni yetkazib beruvchi tashkilotlarni tanlashda «lozim darajada ehtiyotkor» boʻlish talabi aks ettirilgan. Shuningdek Mehnat kodeksining asosiy prinsiplari: kasaba uyushmalariga birlashish va jamoaviy muzokaralarni olib borish huquqi, bolalar va majburiy mehnatning taqiqlanishi, gender tenglik hisobga olingan.

«Mehnat shartnomasi, bandlik kafolatlari» boʻlimida mehnat shartnomalarini tuzish, bekor qilish va oʻzgartirishni «Yagona milliy mehnat tizimi»da roʻyхatdan oʻtkazish vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatilgan.

Xuddi shu boʻlimda ish beruvchining tashabbusiga koʻra хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga yozma rozilik berish kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasining qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasining bekor qilinishi toʻgʻrisidagi arizani kasaba uyushmasi organida koʻrib chiqish tartibi”ga asosan koʻrib chiqilishi belgilangan.

Maketga koronavirus pandemiyasiga oid tavsiyalar, sovuq va issiq havoda ishlash chogʻida qoʻshimcha tanaffuslardan foydalanish imkoniyati, shuningdek boshqa yangiliklar kiritilgan.

Manbaga qarang.


Kollektiv shartnomalar Kollektiv shartnomalar Kollektiv shartnomalar /oz/publish/doc/text177900_kasaba_uyushmalari_federaciyasi_2022_yil_uchun_jamoa_shartnomasi_maketini_ishlab_chiqdi