Avgust oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Xodim 2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 28 fevralga qadar, jami 3 oy ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tilda boʻlgan. MKda qayd etilishicha, ta’til 12 oylik davr mobaynida jami 3 oydan ortiq boʻlmasligi kerak. 12 oylik davr qanday hisoblanadi? Ta’tilning bir oyi 2021 yilga toʻgʻri kelgan taqdirda, хodim 2022 yilda yana 1 oy ta’til olishi mumkinmi?
– Yoʻq, mumkin emas.
Kalendar yil va 12 oylik davr turli tushunchalar hisoblanadi.
Kalendar yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha davom etadi. 12 oylik davr – u yoki bu hodisaning boshlanish sanasidan e’tiboran keyingi 12 oy mobaynida hisoblanadigan vaqt.
Yuqorida bayon etilgan vaziyatda хodim 1.12.2021 yildan 30.11.2022 yilgacha boʻlgan davr uchun ish haqi saqlanmagan holda beriladigan butun ta’tildan foydalangan. Xodimning iltimosiga koʻra keyingi ish haqi saqlanmagan holda ta’til faqat 2022 yil 1 dekabrdan berilishi mumkin
.
Uzoq muddat davom etadigan ish haqi saqlanmagan holdagi ta’tillar pensiyaga chiqish uchun stajni hisoblashda hisobga olinmaydi
. Shu boisdan:
- хodim bunday ta’tildan foydalanish zaruratini jiddiy oʻylab koʻrishi lozim;
- ish beruvchi ushbu muhim tomonini хodimlarga oʻz vaqtida tushuntirishi lozim.
Ish haqi saqlanmagan holda ta’til faqat хodimning iltimosiga binoan berilishi mumkin, ish hajmi mavjud boʻlmaganda ish beruvchi bunday ta’til borasida tashabbus koʻrsata olmaydi.
Ish hajmi mavjud boʻlmagan holatga majburiy bekor turib qolish deb qaraladi va ushbu davr uchun хodimning oʻrtacha ish haqi saqlanadi
.