2022 yil 1 maydan pensiyalarni hisoblash va toʻlash tizimiga kiritilayotgan oʻzgarishlar

preview

Prezidentning 07.04.2022 yildagi “Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlarni toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan muhim oʻzgartirishlar kiritilmoqda:

 

2022 yil 1 maydan boshlab AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan har oyning 5-sanasiga qadar pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda mahallalarga quyidagilar naqd pulda yetkaziladi:

  • “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga va oilalarga jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moddiy yordam turlari;
  • mehnat organlari tomonidan toʻlanadigan ishsizlik nafaqasi;
  • stipendiyalar;
  • jazoni ijro etish muassasalaridan jazoni oʻtab ozodlikka chiqqan fuqarolarga toʻlanadigan moddiy yordam pullari.

Pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini naqd pulda yetkazib berish хizmatlari uchun AT “Xalq banki”ga 1% miqdorda хizmat haqi toʻlab beriladi. Ushbu summa byudjet va Pensiya jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Bunda bank zimmasiga - sayyor kassalar orqali pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablagʻlarini ularning хohishlariga koʻra naqd pulga almashtirib berish vazifasi yuklatiladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 maydan boshlab barcha turdagi davlat pensiyalarini, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadigan nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlarni hamda kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1%i miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi. Bunda  hujjatlarni qogʻoz shaklida yuritishdan voz kechiladi. Fuqarolarning roziligi bilan pullar ularning bank kartalariga oʻtkaziladi (ularni  sayyor kassalar orqali naqd pulga almashtirib berish imkoniyati bilan).

2022 yil 1 sentyabrga qadar harbiylashtirilgan tizim pensiyalarini hisoblash va toʻlash tizimi avtomatlashtiriladi.

AT “Xalq banki”ga 2022 yil yakuniga qadar pensiya va nafaqa oluvchilarga ularning mablagʻlarini masofadan boshqarish imkonini beruvchi bankning yangi mobil ilovasini ishlab chiqish topshirildi.

Norma.uz materiallari asosida


Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text180404_2022_yil_1_maydan_pensiyalarni_hisoblash_va_tulash_tizimiga_kiritilaetgan_uzgarishlar