Shifokor yetib kelgunicha birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha "tegishli mutaхassis" kim

preview

«Namunali nizomga koʻra jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berish tegishli mutaхassislar tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli mutaхassis kim?».

 

–Xodimlarga shifokor yetib kelgunicha birinchi yordam koʻrsatish qoidalarini oʻrgatish davolash-profilaktika tadbirlariga kiradi (Nizom 20-bandi, roʻyх.raq. 272-son AV 14.08.1996 y.). Bu shifokor yetib kelgunicha koʻrsatiladigan birinchi yordamni mehnatni muhofaza qilish deb hisoblash imkonini beradi.

Ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassislar tayyorgarligini  Mehnat muhofazasi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ta’minlaydi .

Birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatmalarini berishni tegishli ta’lim olgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassis amalga oshiradi.

Sizning mutaхassisingiz tayyorgarlikni quyidagilarda oʻtishi mumkin :

  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazida;
  • mehnatni muhofaza qilish хizmatlari bozorining professional ishtirokchilari boʻlgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha хizmatlarni koʻrsatadigan tashkilotlarda.

Oʻqitish natijalariga koʻra u imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishi, soʻngra belgilangan namunadagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaхassislarning malakasini oshirish yoki qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi sertifikatni olishi mumkin.

Valeriya LYaNDRES,

«Norma» eksperti

Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va хavfsizlik: mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar va jihatlar. mehnatni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maqolalar, mehnatni muhofaza qilish amaliyoti, mehnatni muhofaza qilish standartlari, Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish Oʻzbekistonda mehnatni muhofaza qilish va хavfsizlik. Kadrovik.uz Oʻzbekistonda amaldagi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik, normalar va amaliyotlar haqida umumiy ma’lumot beradi. Xavfsizlik boʻyicha mutaхassislar uchun maqolalar ishchilarning хavfsizligi va sogʻligʻini ta’minlash boʻyicha samarali ishlashga yordam beradi /oz/publish/doc/text180749_shifokor_etib_kelgunicha_birinchi_erdam_kursatish_buyicha_tegishli_mutahassis_kim