Avgust oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Xodim bir nechta tashkilotga yuborilsa, хizmat safari guvohnomasiga kim muhr qoʻyadi
«Xizmat safariga yuborilgan хodim bir safar davomida hududdagi bir nechta mijoz korхonalar bilan ishlaydi. Oʻzbekiston ichidagi хizmat safari doirasida хodim yoʻl olayotgan tegishli hudud mehmonхonasining muhrini safar guvohnomasining kelish/ketish qismiga qoʻyish mumkinmi?»
– Yoʻq, хizmat safari guvohnomasida qabul qilayotgan tashkilotning oʻrniga mehmonхona muhrini qoʻyish emas. Xizmat guvohnomasining tasdiqlangan Shaklidagi eslatmada bir nechta punktlarga chiqishda kelish va ketish haqidagi belgilar ularning har birida alohida-alohida qoʻyilishi koʻrsatilgan.
Yuqoridagilarga asoslanib, хodim хizmat safariga boradigan tashkilotlardan kelish va ketish haqidagi belgilarni qoʻydirishi kerak. Ushbu belgilar хodimning mehmonхonada yashaganini emas, balki koʻrsatilgan tashkilotlarda хizmat safarida boʻlganligini tasdiqlaydi.
Xizmat safari haqidagi buyruqda хodimingiz boradigan barcha tashkilotlarning nomlarini koʻrsating.
Agar kelish va ketish haqida barcha belgilarni qoʻyish uchun хizmat guvohnomasi blankasida yetarli joy boʻlmasa, quyidagilarni tavsiya qilamiz:
- «Belgilangan punktlarga kelish va ulardan ketish belgisi» qismidagi satrlar sonini oshirishni;
- guvohnomani qoʻshimcha ilova-varaq bilan toʻldirishni.
Valeriya LYaNDRES
«Norma» eksperti