Uzoq vaqt ish haqi saqlanmaydigan ta’til olinganida ish vaqtini hisoblash

preview

 «Xodim 12 oy davomida haqiqatda  1 740 soat ishladi, chunki  3 oy davomida ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda boʻlgan. Belgilangan norma boʻyicha u 2042 soat ishlashi kerak edi. Oqibatda yil yakuni natijasiga koʻra  хodimga ish soati  boʻyicha norma bajarilmaganligi uchun qoʻshimcha ish soatlari hisoblanmadi va toʻlanmadi. Xodim ish vaqtini hisoblashda undan ta’tilda boʻlgan kunlari uchun soatlarni hisobdan chiqarmaslikni  talab qilmoqda.

Xodimning mehnat ta’tilida boʻlgan soatlarini ish vaqti normasiga kiritish toʻgʻrisidagi talabi qonuniymi?».

 

- Vaziyat mazkur ish beruvchida ishni tashkil etishda buzilishlar boʻlganini koʻrsatmoqda. Bu Ma’muriy kodeksning 49-moddasi boʻyicha ma’muriy jarimalarga sabab boʻlishi mumkin.

Belgilangan normadan ortiqcha ish ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi  ta’tillarda boʻlish vaqti ish sanalmaydi. Ta’tillarda boʻlish vaqtini ish vaqti sifatida hisobga olish mumkin emas.

Qoʻshimcha ishlangan soatlar uchun ish haqini hisoblashda tashkilotda ish vaqti qanday tartibda hisobga olinishi muhimdir. Qoʻshimcha ish soatlarini shundan kelib chiqib hisoblang va toʻlang:

  •  agar hisobga olish davri bir hafta boʻlsa, 40 soatdan ortiq ishlangan har bir soat oʻsha haftada qoʻshimcha soat boʻladi;
  •  agar hisobga olish davri bir oy boʻlsa, bir oy davomida ish vaqtidan tashqari belgilangan me’yordan ortiq ishlangan har bir soat qoʻshimcha ishlangan hisoblanadi;
  • ish vaqti hisobi jamlanganda, ish vaqtidan tashqari ishlar hisobi belgilangan hisobga olish davridan kelib chiqib  jamlanadi.

Xodim ish vaqti normasini ob’yektiv sabablarga koʻra bajarmaganligi sababli (yillik ish vaqtini hisobga olish davrida rasmiylashtirilgan ish haqi saqlanmaydigan  ta’til), koʻrsatilgan muddatda uning 9 oy uchun ishlangan vaqt normasini hisoblashni tavsiya etamiz.

Buning uchun quyidagi mutanosiblikni hisoblaymiz:

12 oy - me’yor 2042 soat;

9 oy - «х» soat.

 9 oy uchun ish vaqti normasi:

(2042 х 9) : 12 = 1 531,5 soat             

Olingan natija – 1531,5 soat   ushbu хodim uchun ish vaqti normasi boʻladi.

 U haqiqatda yilning 9 oyi uchun 1740  soat ishlagan.

Endi хodim haqiqatdan ham 208,5 soat (1 740 – 1 531,5) ortiqcha ishlaganini koʻrish mumkin.

Qonun hujjatlariga muvofiq ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishlarning har bir soati uchun ikki hissadan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlanishi kerak . Lekin bu hali hammasi emas!

Keltirilgan misol va keyingi hisob-kitoblardan koʻrinib turibdiki, ishlab chiqarishda ortiqcha ishlangan ish soatlarining maksimal davomiyligi me’yori qoʻpol ravishda buzilgan. U yiliga 120 soatdan  yoki 9 oy uchun  90 soatdan oshmasligi kerak.

Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalarini buzganlik uchun sanksiyalar qoʻllash nazarda tutilgan .

Ish vaqti me’yori har yili Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Valeriya LYaNDRES

«Norma» eksperti

Lenara XIKMATOVA

«Norma» eksperti, huquqshunos

Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text181502_uzoq_vaqt_ish_haqi_saqlanmaydigan_tatil_olinganida_ish_vaqti_meerini_hisoblash