Ish beruvchi namunali xulq uchun jazoni muddatidan avval olib tashlashga majburmi

preview

Xodimga progul uchun hayfsan berilib, intizomiy javobgarlik davrida (1 yil) choraklik mukofotlardan mahrum qilindi. Olti oy oʻtgach, qoidabuzar ishlaydigan boʻlim boshligʻi direktorga namunali xatti-harakati uchun hayfsanni muddatidan avval olib tashlash iltimosi bilan murojaat qildi. Ish beruvchi bunday iltimosni qondirishga majburmi yoki rad etishi mumkinmi? Olib tashlash va soʻndirish oʻrtasidagi farq nimada?

Savollarga «Norma» eksperti, huquqshunos Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– Darhaqiqat, ish beruvchi xodimdan intizomiy jazoni amal qilish muddati tugagunga qadar olib tashlashga haqli.  

Uni  ish beruvchi oʻz tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga koʻra olib tashlashi mumkin  .

Bu ish beruvchining huquqi, majburiyati emas.

Mehnat kodeksi intizomiy jazoni qoʻllagan mansabdor shaxs uni muddatidan oldin olib tashlashi shart boʻlgan hech qanday asoslarni nazarda tutmaydi.

Ish beruvchi esa buning uchun ariza (iltimosnoma)ni qondirishdan bosh tortsa, javobgar boʻlmaydi.

E’tibor bering

Intizomiy jazoni olib tashlash va soʻndirishni adashtirmang.

Intizomiy jazoning soʻndirilishi – bu jazoni qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan uning amal qilish muddatining tugashi. Ya’ni, intizomiy jazo muddati tugagandan soʻng u avtomatik ravishda soʻndiriladi.

Intizomiy jazoni muddatidan avval olib tashlash uchun esa buyruq chiqarish  kerak.

Quyidagilar buyruq chiqarish uchun asos boʻladi:

  • xodimning arizasi – agar u oʻzi jazoni olib tashlashni soʻrasa;
  • xodim roʻyxatga olingan boʻlim boshligʻining iltimosnomasi (mehnat jamoasi, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi).

Agar tashkilot rahbari intizomiy jazoni oʻz tashabbusi bilan bekor qilsa, buyruq qoʻshimcha ariza va iltimosnomalarsiz rasmiylashtiriladi.

 

Intizomiy jazoni muddatidan avval olib tashlashning huquqiy oqibatlari

Intizomiy jazo muddatidan avval olib tashlanganidan keyin:

1) xodim jazolanmagan deb hisoblanadi. Tegishincha, agar bundan keyin xodim yana huquqbuzarlik qilsa, uni Mehnat kodeksining 100-modda 2-qism 3-bandiga binoan mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi uchun ishdan boʻshatib boʻlmaydi. Keyingi jazo choralarini qoʻllashda muddatidan avval olib tashlangan intizomiy jazo endi hisobga olinmaydi;

2) agar xodim intizomiy jazo muddati davomida mukofotlardan mahrum qilingan boʻlsa, ularning toʻlovi jazoni muddatidan avval olib tashlash toʻgʻrisida buyruq berilgan paytdan boshlab qayta tiklanadi.

Mukofotdan mahrum qilish bilan birga intizomiy jazo qoʻllanilishining oʻziga xosliklari haqida batafsil bu yerda yozganmiz:


Oʻzbekistonda intizomiy jazolar – intizomiy jazo tartibi, intizomiy jazolarning sabablari toʻgʻrisida oʻzbekiston respublikasida intizomiy jazolar, intizomiy jazolar, intizomli jazolarni qoʻllash, intizomli jazolar qoʻllash, oʻzbekistonda intizomiy jazolar Oʻzbekiston Respublikasida intizomiy jazolar. Mazkur sahifadan siz ROʻZ-da intizomiy jazolar toʻgʻrisida koʻproq ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Intizomiy jazolarning sabablari, intizomiy jazolar qanday qoʻllaniladi /oz/publish/doc/text182725_ish_beruvchi_namunali_hulq_uchun_jazoni_muddatidan_avval_olib_tashlashga_majburmi