Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
2022 yil iyul oyida ish smenasi 9-12 iyul sanasiga toʻgʻri keladigan va bayram kunida hamda bir vaqtning oʻzida tungi smenada ishlaydigan yurtdoshlarimizga bayram va qoʻshimcha dam olish kunlariga haq qanday toʻlanishini ekspert va «Norma» kadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:
- 2022 yil iyul oyi uchun ish vaqti taqvimi quyidagicha koʻrinishda boʻladi
:
|
2022 yil iyul |
||||||
|
Dushanba |
Seshanba |
Chorshanba |
Payshanba |
Juma |
Shanba |
Yakshanba |
|
|
|
|
|
1 |
2 |
3 |
|
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
|
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
|
18 |
19 |
20 |
21 |
22 |
23 |
24 |
|
25 |
26 |
27 |
28 |
29 |
30 |
31 |
5 kunlik ish haftasida ish vaqti normasi 20 ish kuni, 159 soatni tashkil qiladi.
6 kunlik ish haftasida – 23 ish kuni –haftasiga 40 soatlik ish normasida 152 soat yoki haftasiga 36 soatlik ish norasmida 137 soat.
Smena rejimida ishlovchilarga 2022 yil iyul oyida 9 iyul – 00:00 dan 24:00 gacha boʻlgan ish soatlari uchun bayram kunlaridagi kabi kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi
Agar хodim bayram kunida, kamiga tungi smenada ishlasa-chi? 2 va 1,5 koeffitsiyentlar jamlanadimi?
Biz ushbu vaziyatni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan aniqlashtirdik: toʻlov koeffitsiyentlari jamlanmaydi! Bayram kuni soat 00:00 dan 24:00 gacha хodimlar 2 hissa miqdorida, bayramdan keyingi kun soat 00: 00 dan 06: 00 gacha – 1,5 hissa miqdorida haq oladilar.
Smenali ish rejimida хodimlarga dam olish kunlari siljuvchi jadval boʻyicha taqdim etiladi. Agar хodim jadval boʻyicha (kalendar dam olish kuni emas) dam olish kunida ishga jalb qilinsa, bunday ish Mehnat kodeksining 157-moddasiga binoan toʻlanadi.
Qoʻshimcha dam olish kunlari – 11 va 12 iyul kunlari ishlashga kelsak, yuqorida aytib oʻtilganidek, iyul oyida ish vaqti normasi qisqaradi. Tegishincha, smena rejimida ishlovchilar uchun ushbu kunlar ishdan tashqari ish sifatida toʻlanishi kerak
, agar umumiy ish vaqti davomiyligi quyidagilardan oshsa:
- 6 kunliklar uchun – 152 soat;
- ish vaqtining jamlangan hisobida – agar hisobot davri uchun ish vaqti normasi oshib ketsa.
Normadan ortiqcha har bir ish soati kamida 2 hissa miqdorida toʻlanadi.