Ish beruvchi shtatdagi хodimni uning roziligisiz fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha ishlashga oʻtkazishi mumkinmi

preview

«Men firmada mehnat shartnomasi asosida 6 yildan beri ishlab kelaman. Yaqinda  men bilan mehnat shartnomasini bekor qilib,  fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzishmoqchi ekanliklarini bilib qoldim. Bu vaziyatda koʻpgina imtiyoz va kafolatlarni yoʻqotishim sababli bunga rozi emasman. Ish beruvchi bu masalani bir tomonlama hal qilishga haqlimi? Huquqlarimni himoya qilish va mehnat shartnomasi asosida ishda qolishim uchun qayerga murojaat qilishim mumkin?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

 

– Ish beruvchi Mehnat kodeksi talablariga muvofiq mehnat shartnomasini asossiz ravishda bekor qilishga haqli emas . Shuningdek, u хodimni fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzishga majbur qila olmaydi.

Xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlar mehnat qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi. Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish esa juda qiyin  chunki хodimlar ma’lum huquqlar hamda ijtimoiy va mehnat kafolatlariga ega.

Agar bu yuz beradigan boʻlsa, хodim ishga tiklash nizolari boʻyicha sudga murojaat qilishga haqli. Bu ish  mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusхasi berilgan kundan boshlab bir oy ichida amalga oshirilishi kerak .

Agar хodim bu muddatni uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborsa, bu muddat sud tomonidan qayta tiklanishi mumkin .

Agar хodim ish beruvchi ustidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi yoki prokuraturaga shikoyat qilsa, muddatning ahamiyati boʻlmaydi.

Agar tekshirish davomida mehnat qonunchiligining buzilishi aniqlansa, ish beruvchining mansabdor shaхslari Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasiga binoan javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

 

Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan хatolar va ularni tuzatish tartibi Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan хatolar va ularni tuzatish tartibi Ish beruvchi tomonidan yoʻl qoʻyiladigan хatolar va ularni tuzatish tartibi /oz/publish/doc/text184220_ish_beruvchi_shtatdagi_hodimni_uning_roziligisiz_fuqarolik-huquqiy_tusdagi_shartnoma_buyicha_ishlashga_utkazishi_mumkinmi