Oʻzbekistonda Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini ishga qabul qilishga cheklovlar joriy etilganmi

preview

Yuzaga kelgan xalqaro vaziyat munosabati bilan soʻnggi vaqtlarda doimiy ravishda «Javob beramiz» xizmati mutaxassislariga bir xil mazmundagi savollar kelib tushmoqda – Oʻzbekiston hududiga kelayotgan Rossiya fuqarolarini ishga qabul qilish tartibida istisnolar joriy etilganmi?

Biz «Norma» va «Javob beramiz» xizmati eksperti Valeriya LYaNDRESdan  javob berishni soʻradik:

 

– Yoʻq, Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga nisbatan hech qanday cheklovlar yoki istisnolar qoʻllanilmaydi. 

Ish beruvchilar Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani olish tartib-taomili orqali xuddi boshqa chet elliklarni ishga qabul qilganidek, Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini ham ishga qabul qilishga haqli. Tasdiqnoma  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan beriladi.

Quyidagi hollarda chet el fuqarosi tasdiqnomani olishi shart emas, agar: 

  • Oʻzbekistonda yashash uchun ruxsatnoma olgan boʻlsa;
  • BHMning kamida 8 500 miqdorida (investitsiya kiritish vaqtiga) xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari yoki  ulushlarini sotib olish yoxud xorijiy korxona tashkil etish yoʻli bilan investitsiya kiritgan boʻlsa.

Yoxud u: 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari, shuningdek, diplomatik maqomga ega boʻlgan boshqa shaxs boʻlsa;
  • Turizm va madaniy meros vazirligi iltimosnomalariga koʻra, turizm sohasidagi ishlarga uch oygacha boʻlgan muddatga jalb qilinadigan mutaxassis boʻlsa;
  • Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatadigan yoki tashkil etiladigan xorijiy va qoʻshma korxonalar ta’sischisi yoki birinchi rahbari boʻlsa – u bilan ushbu lavozimga mehnat shartnomasi imzolangan sanadan boshlab uch oygacha boʻlgan muddatga;
  • Oʻzbekistonda davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fan va madaniyat arbobi boʻlsa;
  • Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining dasturlari doirasida ta’til vaqtida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talaba boʻlsa;
  • Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan matbuot vakili boʻlsa;
  • Adliya  vazirligida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlari vakolatxonalari hamda filiallarining xodimi boʻlsa;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida ishlash uchun jalb etiladigan oʻqituvchi yoki mutaxassis boʻlsa;
  • Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ishga joylashtirishning boshqa tartibi belgilangan shaxs boʻlsa.

 

Ariza berish va tasdiqnomani olish tartibi haqida quyidagi bosqichma-bosqich yoʻriqnomada oʻqing:

 

Ishga qabul qilish - Oʻzbekistonda ishga qabul qilish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasida ishga joylashish haqida hamma narsa ishga qabul qilish, oʻzbekistonda ishga qabul qilish, ishga qabul qilish tartibi Oʻzbekistonda ishga yollash qanday ishlaydi? Bu yerda siz Oʻzbekiston Respublikasida ishga qabul qilish tartibi haqida maqolalar bilan tanishasiz. Oʻzbekistonda mehnat shartnomalarini tuzish va ishga qabul qilish qoidalari haqida hamma narsa kadrovik.uz saytida /oz/publish/doc/text184747_uzbekistonda_rossiya_federaciyasi_fuqarolarini_ishga_qabul_qilishga_cheklovlar_joriy_etilganmi