2023 yilda 5 kunlik ish haftasi uchun «Roʻza hayit»da dam olish koʻchiriladimi

preview

«2023 yil 22 aprel «Roʻza hayit» bayrami deb e’lon qilingan. 5 kunlik ish haftasida sana dam olish kuniga (shanba) toʻgʻri kelgani sababli yangi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq bu bayram ish kuni – 2023 yil 25 aprelga koʻchirilishini anglatadimi?». 

Savolga ekspert va «Normkadrlar хizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

– Yangi MK faqat 2023 yil 30 apreldan boshlab kuchga kiradi. Tegishincha, agar dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelsa, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchirilishi toʻgʻrisidagi qoida , faqat 2023 yil 30 apreldan amal qiladi.

Amaldagi MKda bunday qoidalar nazarda tutilmagan. Shuning uchun PF-270-son Prezident Farmoni va 2023 yil uchun tasdiqlangan ish vaqti taqvimiga koʻra quyidagi rejim oʻrnatilgan:

Aprel

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Shanba

Yakshanba

 

 

 

 

 

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21*

22

23

24**

25

26

27

28

29

30

  • 21 aprel – qisqartirilgan ish kuni ;
  • 22 aprel – Roʻza hayit bayrami;
  • 23 aprel – barcha ish rejimlari uchun dam olish kuni ;
  • 24 aprel** – ishlanmaydigan kun:

– 5 kunlik ish haftasi uchun ish 29 aprel, shanba kuni ishlab berish belgilangan ;

– 6 kunlik ish haftasi uchun – qoʻshimcha ishlanmaydigan kun .

2023 yilda faqat 1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni MKning 208-modda 2-qism qoidalariga toʻgʻri keladi. Ushbu dam olish kuni barcha ish rejimlari uchun 2 oktyabrga koʻchiriladi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text186949_2023_yilda_5_kunlik_ish_haftasi_uchun_ruza_hayitda_dam_olish_kuchiriladimi