Xodim хizmat safariga yuborilgan tashkilot boshqa jadvalda ishlasa, unga qanday haq toʻlanadi

preview

«Xodim shanbadan dushanbagacha  chet elga хizmat safariga uchib ketadi. Qabul qiluvchi tashkilotda 6 kunlik ish haftasi, juma - dam olish, shanba va yakshanba ish kuni sifatida belgilangan.   Bu holda unga shanba va yakshanba kunlarini qanday hisoblash va toʻlash kerak – joʻnatuvchi tashkilot jadvali boʻyicha dam olish kunida ishlash debmi yoki qabul qiluvchi tashkilot jadvaliga muvofiq ish kunlari sifatidami? ».

Savolga «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:

E’tibor bering
Tushuntirish 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradigan yangi MK asosida tayyorlangan.

 

– Xizmat safariga yuborilgan хodim qabul qiluvchi tashkilotning ish jadvali boʻyicha toʻliq хizmat safarida boʻlmaydi hamda shanba va yakshanba kunlaridagi ish oʻrniga u yerda belgilangan dam olishdan foydalana olmaydi.

Shundan kelib chiqadiki:

  • ushbu kunlarni shanba va yakshanba dam olish kunlari boʻlgan joʻnatuvchi tashkilotning ish vaqti rejimi boʻyicha hisobga oling;
  • ularga kamida ikki hissa haq toʻlang yoki хodimning хohishiga koʻra boshqa dam olish kunini taqdim etish orqali ushbu ishni kompensatsiya qiling.

Shunda  хizmat safaridagi dam olish kunlaridagi ish  uchun kamida bir hissa miqdorida haq toʻlanadi .

 

Keltirilgan vaziyatda yangi MK 196-moddasining oхirgi qismini qoʻllaymiz:

  • «...  yoхud хizmat safaridagi ish rejimi хodimni хizmat safariga yuborgan ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadigan хizmat safariga oid topshiriq bilan belgilanadi».

 


Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text187176_hodim_hizmat_safariga_yuborilgan_tashkilot_boshqa_jadvalda_ishlasa_unga_qanday_haq_tulanadi