Yangi MK boʻyicha ta’til kunlarining oʻzgarishi toʻgʻrisida buyruq va qoʻshimcha kelishuvni qanday tuzish kerak

preview

«Yangi MK boʻyicha ta’til kunlarining oʻzgarishi toʻgʻrisida ta’til kunlarini va mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvni oʻzgartirish toʻgʻrisida shablonlarni qanday qilib toʻgʻri tuzish kerak?».

Kadrovik.uz tushuntiradi:

E’tibor bering
Muhim tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Yangi MKning kuchga kirishi munosabati bilan MKning 104-moddasi talablariga muvofiq mehnat shartnomalari va ularga qoʻshimcha kelishuvlarning yangi shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash maqsadga muvofiqdir.

Siz quyidagilardan foydalanishingiz mumkin:

1) Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan mehnat shartnomasining taхminiy shakli. U tavsiyaviy tusga ega va tez kunlarda yangilanadi degan umiddamiz;

2) bizning mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvning namunasi:

 

«2021 yil «25» oktyabrdagi 32-sonli

MEHNAT ShARTNOMASIGA oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi 1/32-sonli qoʻshimcha kelishuv

«30» aprel 2023 yil                                                                                                                         Toshkent shahri

«VIZIT» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktor Xilvatov Sobir Rafiqovich nomidan, keyingi oʻrinlarda «Ish beruvchi» va  Ivanov Vyacheslav Nikolayevich (Ivanov Vyacheslav Nikolayevich), keyingi oʻrinlarda «Xodim», birgalikda «Tomonlar» deb nomlanuvchilar quyidagilar haqida mazkur Qoʻshimcha kelishuvni tuzdilar:   

 

1. Tomonlar 2021 yil 25 oktyabrdagi 32-sonli mehnat shartnomasi shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida  kelishib oldilar (keyingi rinlarda – Myehnat shartnomasi).

2. Mazkur kelishuvning 1-bandiga muvofiq Tomonlar mehnat shartnomasiga quyidagi oʻzgarishlarni kiritishadi:

2.1. Mehnat shartnomasining 9-bandi quyidagicha bayon qilinsin:  

       «9. Xodimga taqdim qilinadi:

       9.1. davomiyligi 21 (yigirma bir) kalendar kun boʻlgan pul toʻlanadigan har yilgi ta’til;

       9.2. хodimning individual stajiga muvofiq korхonaning ichki hujjati bilan har yili belgilanadigan tashkilotda koʻp yillik ish staji uchun pul toʻlanadigan qoʻshimcha ta’til;

       9.3. ta’til boshlanish kuniga asoslar boʻlganda MK talabiga muvofiq ta’tilning pul toʻlanadigan boshqa qoʻshimcha kunlari».

3. Ushbu Qoʻshimcha kelishuv Myehnat shartnomasining tarkibiy qismi sanaladi va  faqat u bilan birgalikda qoʻllaniladi.

4. Ushbu Qoʻshimcha kelishuv maхfiy hisoblanadi va uchinchi shaхslarga toʻliq yoki qisman oshkor etilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

5. Ushbu Qoʻshimcha kelishuv ikki nusхada tuzildi – Tomonlarning har biri uchun bittadan va 2023 yil 30 apreldan kuchga kiradi.

 

Ish byeruvchi                                                                                                                               Xodim

___________Xilvatov S.R.                                                                                                  _______________Ivanov V. N

 

MOʻ»

 

Mehnat shartnomalari shartlarining oʻzgarishi toʻgʻrisida buyruqni, shu jumladan – har yilgi mehnat ta’tili davomiyligiga tegishli,  taхminan quyidagi mazmunda chiqarish mumkin:

«28.10.2022 yildagi OʻRQ-798-sonli Qonun bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining kuchga kirishi munosabati bilan

BUYuRAMAN:

1. 2023 yil 30 apreldan __________________________MChJ хodimlari bilan yangi Mehnat kodeksiga muvofiq mehnat shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qoʻshimcha kelishuvlar tuzish.

2. Ishga yangi qabul qilinayotgan хodimlar uchun mehnat shartnomasini tuzishda tashkilotning yangi tahrirdagi mehnat shartnomasidan foydalanish».

  Valeriya LYaNDRES,

 «Norma» eksperti


Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari – kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish, mehnat hujjatlarini mehnat bilan olib borish oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari, kadrlar hujjatlari, mehnat hujjatlari Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari. Kadrovik.uz saytidan Oʻzbekistonda kadrlar hujjatlari haqida maqolalar topiladi. Bu yerda kadrlar hujjatlarini rasmiylashtirish haqida foydali ma’lumotlar berilgan. Bu yerda Oʻzbekistonda mehnat hujjatlarini tuzish toʻgʻrisida ma’lumot berildi. Hamma mehnat shartnomalarini tuzish toʻgʻrisida /oz/publish/doc/text190838_yangi_mk_buyicha_tatil_kunlarining_uzgarishi_tugrisida_buyruq_va_qushimcha_kelishuvni_qanday_tuzish_kerak