2023 yilda smenali ish rejimida Qurbon hayitini qanday hisobga olish kerak

preview

2023 yilda Qurbon hayiti va qoʻshimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda smenali ish rejimida ishlaydigan ishchilarning ish tartibi va ish vaqtini hisobga olish qanday boʻlishini «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:

E’tibor bering
Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– 2023 yil iyun oyida ish vaqti kalendari quyidagicha boʻladi :

1) kamida 1 soatga qisqartirilgan ish kuni :

  • 27 iyun (seshanba) – bayram arafasi;

2) dam olish kunlari:

  • 28 iyun (chorshanba) – bayram kuni;
  • 29 iyun (payshanba) – barcha turdagi ish haftalari uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 30 iyun (juma) – barcha turdagi ish haftalari uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 1 iyul (shanba) – 5 kunlik ish haftasi uchun kalendar dam olish kuni va 6 kunlik ish haftasi uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
  • 2 iyul (yakshanba) – barcha turdagi ish haftasi uchun kalendar dam olish kuni;

 3) iyun oyi uchun ish vaqti hisob-kitobi:

  • 5 kunlik ish haftasida – 151 soat;
  • 6 kunlik 40 soatlik ish haftasida – 152 soat;
  • 6 kunlik 36 soatlik ish haftasida – 137 soat.

2023 yil iyun oyida smenali rejimda ishlaydiganlarga 28 iyundagi ish soatini bayram kuni sifatida kamida ikki hissa miqdorida toʻlash kerak  –  00:00 dan 24:00 gacha .

Agar хodim bayram kunida, kamiga tungi smenada ishlasa, koeffitsiyentlar jamlanmaydi.  Bayram kunining soat 00:00 dan 24:00 gacha boʻlgan vaqt uchun  хodimlarga toʻlovni ikki hissa miqdorida, bayramdan keyin keladigan kun uchun soat 00:00 dan 06:00 gacha  – bir yarim hissa miqdorda toʻlash kerak boʻladi.

Smenali ish rejimida хodimlarga dam olish kunlarini  oʻzgaruvchan jadval boʻyicha taqdim eting, umumiy belgilangan dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa miqdorida haq toʻlang . Ammo, agar хodim dam olish kunida jadvalga muvofiq oʻzining ishiga jalb qilinsa (kalendar dam olish kuni emas), bunday ish MKning 262-modda 1-qismiga muvofiq ishdan tashqari ish sifatida toʻlanadi.

29 va 30 iyun kunlaridagi oʻzgaruvchan jadvalga keladigan boʻlsak,  bu kunlarda ishlaydiganlar uchun ular bayram va dam olish kunlari sifatida toʻlanmaydi. Ammo shu kunlar hisobiga «besh kunliklar» uchun ham, «olti kunliklar» uchun ham iyun oyida ish vaqtining umumiy normasi qisqartirilganligi sababli, normadan tashqari ishning har soati (agar norma oshib ketsa) ish vaqtidan tashqari ish sifatida kamida ikki hissa miqdorida toʻlanishi kerak .

 

 

Oʻzbekiston Respublikasida ish vaqtini tartibga solish - ish vaqti va dam olish vaqti, ish vaqti haqida hamma narsa oʻzbekiston respublikasida ish vaqti, ish vaqtini tartibga solish, ish vaqtini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofiq ish vaqti. Ushbu sahifada Oʻzbekistonda ish vaqtini tartibga solish haqidagi maqolalar mavjud. Kadrlar boʻlimi tomonidan ish vaqtini hisobga olish va boshqa jihatlar haqida oʻqing kadrovik.uz /oz/publish/doc/text191387_2023_yilda_smenali_ish_rejimida_qurbon_hayitini_qanday_hisobga_olish_kerak