Aprel oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
1 avgustdan fuqarolarning ayrim toifalariga pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi
1 avgustdan boshlab pensiya va nafaqalarning yangi eng kam miqdori oʻrnatildi
. Ular iste’mol хarajatlarining minimal qiymati (kambagʻallik chegarasi) – 535 ming soʻmdan 568 ming soʻmgacha oshirildi.
Yangi miqdorlar:
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan pensiya – oyiga 568 000 soʻm;
- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 568 000 soʻm;
- nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlganda beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 soʻm;
- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 568 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 198 000 soʻm;
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 000 soʻm, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.
Yangi maqolalar haqida birinchilardan boʻlib хabardor boʻlish uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.