Noyabr oyida har bir kadrovikka asqotadi:
Ijrochi yoki rahbar: nomzod bilan suhbatda uning rahbarlik qobiliyatini qanday aniqlash mumkin
Rahbarlik lavozimlariga xodimni tanlash jarayonida oldingizda kim – ijrochi yoki rahbar turganligini qanday aniqlash mumkin?
Rezyume boʻyicha martaba oʻsishi, yuqoriroq lavozimlarga oʻtish aks etgan vaziyat bilan toʻqnash kelishga toʻgʻri kelgan, ammo amalda xodim yaxshi mutaxassis boʻlib chiqadi, lekin rahbarlik qilishni uddalolmaydi.
HR- maslahatchi Irina ShAKIROVA oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashadi.
Xodimlarni boshqarish amaliyotida inson jarayonlar va odamlarni boshqarishga qodirligini aniqlashga imkon beradigan koʻplab usullar mavjud. Keling, ulardan biri bilan tanishamiz: referensiya turini aniqlash.
Referensiya turi nima
Referensiya – «yoʻnalish» – bu oʻz-oʻzini baholash va qaror qabul qilishda shaxsiy va tashqi fikrlarning nisbati.
Referensiyani barcha darajadagi rahbarlarda baholash kerak (chiziqli, oʻrta va yuqori boʻgʻin), chunki ularning barchasi xodimlarni boshqarishi va oʻz lavozimida biznes natijalarga erishish uchun javob berishi kerak boʻladi.
Referensiyaning uch turi farqlanadi:
- tashqi – bu atrofdagilarning fikriga, ob’yektiv natijalarga, qabul qilingan me’yorlarga, jamoatchilik fikriga yoʻnaltirish;
- ichki – birinchi navbatda shaxsiy fikriga, qarash va pozitsiyaga e’tibor qaratishni anglatadi;
- aralash referensiya – bu tashqi va ichki referensiyaning birikuvi.
Referensiya turini aniqlash yordamida kishi rahbarlik qila olish-olmasligini qanday aniqlash mumkin
Nomzod sizning savollaringizga javob berayotganida uning nutqini tahlil qilishdan referensiya turini aniqlash mumkin.
Agar odamda tashqi referensiya boʻlsa, nutqda boshqa odamlarning tashqi bahosiga havolalar boʻladi: «menga aytishgan edi», «boshliq maqtagan edi», «menga maqsad qoʻyildi, men bajardim», «ob’yektiv natija», «bu yoʻriqnomaga, qoidalarga mos keladi».
Agar kishida ichki referensiya boʻlsa, nutqda shaxsiy fikriga havolalar boʻladi: «hisoblayman», «oʻylayman», «menimcha», «koʻraman», «mening oʻzimga yoqadi», «his qilaman», «ichki tuygʻu».
U yoki bu turga mos keladigan javoblar sonini qayd etib, turli yoʻnalishda bir nechta savollar berish kerak. Nomzod suhbat davomida qanday referensiyani namoyon qilganini koʻrsatish uchun haqiqiy nomzodning savollari va javoblarini keltiramiz:
|
№ |
Savol |
Javob |
Referensiya |
|
1 |
Ishda muvaffaqiyatga erishganingizni qanday aniqlaysiz? |
Rejalashtirilgan natija olingan … Rahbarning yuqori bahosini oldim… |
Tashqi |
|
2 |
Biron nima haqida qarorni qanday qabul qilasiz? |
Imkoniyatlar/ xatarlarni chamalab koʻraman… Bu mening resurslarimga qanchalik mosligini hisoblayman … U bevosita taalluqli boʻlganlarga bu qanday ta’sir qilishini soʻrayman … |
Aralash |
|
3 |
Saylovda qaysi nomzodga ustunlik berishni qanday hal qilasiz? |
Ichki tuygʻularimga koʻra … mening qimmatliklar tizimi bilan tasodiflar bormi … |
Ichki |
|
4 |
Muzokaralar muvaffaqiyatli oʻtganini qanday aniqlaysiz? |
Menga ichki hissiyot, ikkala taraf ham qoniqish hosil qilganligi muhim … Bu har doim seziladi… |
Ichki |
|
5 |
Farzandlaringizni yaxshi tarbiyalaganmisiz? |
Menimcha, ha … Men ular mustaqil boʻlishini, oʻzligini yoʻqotmasligini va oʻz yoʻlini izlashini istayman… Va bu oʻxshadi … |
Ichki |
|
6 |
Karyerangizni muvaffaqiyatli deb hisoblaysizmi? Nimaga? |
Ha… har doim talab bor... Hamkorlar va mijozlarning yuqori bahosi … Toʻliq mening kasbim, qadriyatlarim, bilimlarim, koʻnikmalarimga mos keladi… Bu men bajarishni xohlagan ish |
Aralash |
|
7 |
Yangi jamoaga oson kirib bora olasizmi? Nima uchun bunday deb oʻylaysiz? |
Menimcha, ha … Bu menga nisbatan boʻlayotgan samimiy munosabatdan bilinadi … Koʻpchilik hamkasblarim bilan munosabatlarim yaxshi … |
Tashqi |
|
8 |
Siz guruhda yaxshi sherikmisiz? Nima uchun bunday deb oʻylaysiz? |
Ha… Men har doim maqsadlar, mendan nima kutishayotgani, oʻzimning mas’uliyat chegaram haqida bilishga harakat qilaman va har doim bunga maksimal darajada mos kelishga intilaman… |
Tashqi |
|
9 |
Loyiha muvaffaqiyatli ketayotganini qanday aniqlaysiz? |
Rejalashtirilgan natijalarga erishilyaptimi … Topshiriqlar monitoringi nimani koʻrsatmoqda …. Loyixa steykxolderlarining bahosi qanday … |
Tashqi |
|
10 |
Siz kishining muloqot uslubiga oson moslashasizmi? Nima uchun bunday deb hisoblaysiz? |
Yoʻqdan koʻra koʻproq ha … Menga odamni his qilish, oramizdagi farqni koʻrish va nima qilish, nimadan qochish kerakligini tushunish uchun u bilan biroz muloqot qilish yetarli …. |
Ichki |
Ushbu misoldan koʻrinib turibdiki, nomzod aralash referensiyaga ega (4 – 5 – ichki, 4 – 5 – tashqi). Inson tashqi bahoni nazarda tutadi, shu bilan birga uning uchun shaxsiy hayot standartlari ham muhim.
Bu nomzod rahbar boʻlishi mumkinmi? Ha, ma’lum darajada – asosiy mijozlar bilan ishlash boʻyicha menejer, logistika boʻlimi menejeri, maslahatchi. Referensiya turlarining taxminiy balansi murakkab ish turlarini bajaradigan xodimlar uchun yaxshi, bu yerda ham mustaqillik, ham odamlarga yoʻnaltirilganlik kerak.
Tez–tez mustaqil qaror qabul qilish, oʻz nuqtai nazarini himoya qilish va shu bilan birga munosabatlarni oʻrnatish qobiliyati talab qilinadigan oʻrta darajadagi rahbarlik ishi uchun ichki referensiya tashqi referensiyadan yuqori boʻlishi kerak (6 – 7 – ichki/4 – 3 – tashqi).
Yuqori boʻgʻin rahbarlari uchun (biznes egalari, boshqaruvchilar), shuningdek toʻgʻri strategiyani talab qilish hamda bosim va manipulyatsiyaga qarshi turish zarur boʻlgan nazorat ishlarining ayrim turlari uchun ichki referensiya hal qiluvchi boʻlishi kerak (8 – 9 (ichki)/2 – 1 (tashqi).
Shuning uchun xodimlarni rahbarlik lavozimlariga tanlashda u rahbarlik qiladigan jarayonning oʻzi hamda xodimlar soni va qarorlarni qabul qilish darajasini ham hisobga olish kerak. Rahbarning ishi har doim xodimlarni nazorat qilish va baholash bilan bogʻliq. Agar inson tashqi baholashga e’tibor qaratsa, qoʻl ostidagilarning sevgisi va qoʻllashiga bogʻliq boʻlsa, u samarali rahbar boʻla olmaydi. Ammo, boshqa tomondan, agar rahbar boʻysunuvchilarni tinglashni bilmasa yoki unda ob’yektiv ma’lumot toʻplash tizimi boʻlmasa, u ham «yerdan uzilish»i mumkin.
Qizigʻi shundaki, referensiya turi odamning yoshi, tajribasi bilan oʻzgaradi. Inson oʻziga koʻproq ishonishi, qiyin vaziyatlarni yengishni oʻrganishi va natijada rahbar sifatida oʻsishi mumkin.