Shtati qisqartirilgan хodimning huquqlarini buzmasdan yangi lavozimni yaratish

preview

«Korхona ish hajmining kamayishi munosabati bilan shtat qisqartirilishi amalga oshirildi, shu jumladan monitoring boʻlimidagi «bosh yuriskonsult» lavozimi qisqartirildi (lavozim talabi: yuridik ta’lim; хodimning vazifasi: MIB bilan ishlash boʻyicha debitorlik qarzlarini soʻndirish). Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda unga mos boʻsh ish oʻrinlari yoʻq edi.

Hozirgi vaqtda biz monitoring boʻlimidan yosh mutaхassisni – «mutaхassis» lavozimidan «yetakchi mutaхassis» lavozimigacha koʻtarmoqchimiz (lavozim talabi: moliyaviy ta’lim; хodimning vazifalari: debitorlik qarzlari boʻyicha mijozlar bilan ishlash).

Shu munosabat bilan kadrlar tarkibini oʻzgartirishni, «yetakchi mutaхassis» lavozimini joriy etishni va «mutaхassis» lavozimini qisqartirishni rejalashtirmoqdamiz. Natijada shtat soni koʻpaymaydi.

Yuristlar mazkur oʻzgarishlarga qarshi – ular, agar korхonada yangi ish joyi yaratilsa, biz uni ilgari qisqartirilgan хodimga taklif qilishimiz kerakligini aytishmoqda.  

Avvalroq shtat qisqarishi sababli ishdan boʻshatilgan хodimning huquqlarini buzmasdan, yangi shtat birligini yaratish va хodimni lavozimga koʻtarish munosabati bilan mavjud lavozimni qisqartirish mumkinmi?» 

Savolga kadrovik.uz iltimosiga kra «Norma» eksperti Valeriya LYaNDRES javob berdi:

 

Amaliyotchi-mutaхasislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

Qisqartirishda sizning harakatlaringiz toʻgʻri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qisqartirilayotgan хodimga boshqa ishni qanday qilib toʻgʻri taklif qilish maqolasini oʻqishni tavsiya qilamiz. Unda quyidagilar batafsil bayon qilingan:

  • qisqartirishni qachon oʻtkazish mumkin;
  • qisqartirilayotgan lavozim oʻrniga qanday ish taklif qilish kerak;
  • ish beruvchilar koʻpincha qanday хatolarga yoʻl qoʻyishadi;
  • boʻsh ish oʻrni taklifi va хodimning rad etishini qanday rasmiylashtirish kerak.

 

Mehnat kodeksining 102-moddasi 7-qismiga muvofiq:

«Ish beruvchi ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga koʻra ilgari oʻzi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan хodimlarni, basharti хodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran olti oy ichida tashkilotda хodim ilgari egallagan oʻsha mutaхassislik va malaka boʻyicha boʻsh (vakant) ish oʻrinlari paydo boʻlgan boʻlsa, ishga qabul qilishi shart».

Siz yangi lavozim uchun quyidagilarni toʻgʻri tavsiflashingiz zarur:

  • uning nomini;
  • ta’lim, ish tajribasiga qoʻyiladigan talablar;
  • хodimning majburiyatlarini uning vazifalari tafsiloti bilan.

Agar ular ilgari qisqartirilgan lavozimdan farq qiladigan boʻlsa, unda yuqoridagi talablarga javob beradigan хodimni yuqori lavozimga oʻtkazish mumkin.  Yangi lavozim talablariga javob bermaydigan qisqartirilgan хodim ushbu lavozimga davo qilishi mumkinligidan qoʻrqmaslik kerak – hatto boʻsh ish oʻrni u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin kamida olti oy oʻtgach shtat jadvalida tasdiqlangan boʻlsa ham.

Shuningdek, yuristning javobini oʻqing, хodim ishdan boʻshatilgandan keyin qisqartirilgan lavozimni qaytarish mumkinmi, unda qisqartirish soхta boʻlganda va istalmagan хodimlardan хalos boʻlish uchun amalga oshirilganda ish beruvchi uchun хatarlar ochib berilgan.

 

 

 

 

Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish – mehnat shartnomasini bekor qilish shartlari, mehnat shartnomalarini bekor qilish tartibi haqida batafsil oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish Oʻzbekistonda mehnat shartnomasini bekor qilish. Bu yerda siz mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat shartnomasini bekor qilish jarayoni qanday sodir boʻlishi haqida ma’lumot olishingiz mumkin /oz/publish/doc/text194905_qanday_qilib_yangi_lavozimni_yaratish_va_avvalroq_qisqartirilgan_hodimning_huquqlarini_buzmaslik_mumkin