Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Taraflarning kelishuviga koʻra mehnat shartnomasi qaysi muddatda bekor qilinishi mumkin
«Myehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuvda undan soʻng mehnat munosabatlari bekor qilinadigan uzluksiz muddat (masalan, 3 oy) koʻrsatilishi mumkinmi?»
Kadrovik.uz tushuntiradi:
– Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 157-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan asos nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek muddatli mehnat shartnomasi istalgan vaqtda taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinishiga imkon beradi. Mehnat shartnomasi taraflar tomonidan kelishuvda kelishilgan shartlar va muddatlarda bekor qilinadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligi uchun asosiy shart – bunga хodim va ish beruvchining oʻzaro roziligi.
Mehnat kodeksining 157-moddasi 1-bandi boʻyicha qonunan mehnat munosabatlari bekor qilingunga qadar na minimal, na maksimal muddatlar belgilanmagan. Ya’ni, shartnoma taraflari uni bir kundan keyin ham, 3 oydan keyin ham bekor qilish toʻgʻrisida kelishuvga kelishlari mumkin.