Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Muddatli mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan хodim oʻz vaqtida ishdan boʻshatilmagan boʻlsa
«Xodim tashkilotda muddatli mehnat shartnomasi asosida ishlaydi. Muddat tugashi bilan kadrlar boʻlimi ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqni oʻz vaqtida rasmiylashtirmadi. Xodim mehnat shartnomasini uzaytirishni talab qildi, direktor esa mehnat munosabatlarini saqlab qolish istagidan yiroq.
Bu holatda qanday yoʻl tutish kerak? Ish beruvchi ushbu хodimni ishda qoldirishga majburmi?»
Kadrovik.uz javob beradi:
– Bu haqda Mehnat kodeksining 158-moddasida shunday deyilgan. Muddatli mehnat shartnomasi uning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinadi. Ushbu asos boʻyicha mehnat munosabatlarini tugatishga qaror qilgan taraf boshqa tarafni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida uch kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi kerak. Bundan ish joyi (lavozimi) saqlanayotgan хodim yoʻq boʻlgan davrga tuzilgan muddatli mehnat shartnomasining amal qilish muddati tugaydigan hollar mustasno.
Agar mehnat shartnomasining muddati tugaganidan keyin mehnatga oid munosabatlar davom etsa va taraflardan birortasi ham yuqorida koʻrsatilgan tartibda bir hafta davomida ularning tugatilishini talab qilmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Sodda qilib aytganda, agar mehnat shartnomasi tugagan vaqtdan buyon 1 haftadan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa, хodim shu vaqt davomida oʻz majburiyatlarini bajargan boʻlsa, ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilmagan va taraflar bir-birlarini mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida хabardor qilmagan boʻlsa, ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi
. Endi uni Mehnat kodeksining 158-moddasi asosida bekor qilish mumkin emas.
Bunday holda bunday mehnat shartnomasini faqat umumiy asoslarda, ya’ni Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa holatlar boʻyicha bekor qilishga yoʻl qoʻyiladi
.