Konstitutsiya kuni va Yangi yil bayramlari: 2024-yil dekabr oyida qancha dam olishimiz

preview

MKga koʻra, Konstitutsiya kuni va Yangi yil bayramlari uchun ishlamaydigan kunlar 8 dekabr va 1 yanvarga belgilangan. Biroq, 2023-yil yakunida Prezident qoʻshimcha koʻchirilgan dam olish kunlarini ham elon qildi. Dekabr oyida qaysi kunlar dam olish kunlari etib belgilangani va qaysi dam olish kunlari boshqa kunlarga koʻchirilgani haqida kadrovik.uz nashridan bilib olishingiz mumkin.

 

Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan qancha dam olamiz

MKning 208-moddasida bayram kunlari ishlamaydigan kunlar sifatida belgilangan. Jumladan, 8 dekabr – Konstitutsiya kuni va 1 yanvar – Yangi yil bayram kunlari boʻlib, ular ishlanmaydigan kunlar hisoblanadi. Bundan tashqari, Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi 213-sonli Farmonida 2024-yilda qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar va dam olish kunlarini koʻchirish belgilab berilgan. Prezidentning 2024 yil 24 dekabrdagi PQ-452-sonli Qarori bilan Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025 yil yanvar oyida qoʻshimcha va koʻchirilgan dam olish kunlari belgilandi.

Dekabr oyi boshida 5 kunlik ish haftasiga ega хodimlar ketma-ket 3 kun, 6 kunlik ish haftasiga ega хodimlar esa 2 kun dam olishadi. 8 dekabr dam olish kuni – yakshanbaga toʻgʻri kelganligi sababli, bayram kuni dushanba – 9 dekabrga koʻchiriladi  .

Diqqat

14-dekabr – 5 kunlik ish haftasiga ega хodimlar uchun 30-dekabrdan koʻchirilgan dam olish kunidir

 

Yangi yil bayrami davrida necha kun dam olamiz

Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-son Farmoni va 24.12.2024 yildagi PQ-452-son Qarori bilan Yangi yilni nishonlash davrida quyidagi dam olish kunlari belgilandi:

  • 5 kunlik ish haftasida – 28 dekabrdan 2025 yil 2 yanvargacha. 30 dekabr va 2 yanvar kunlari хodimlar uchun koʻchirilgan dam olish kunlari hisoblanadi;
  • 6 kunlik ish haftasida – 29 dekabrdan 2025 yil 2 yanvargacha. 30 dekabr va 2 yanvar kunlari хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kunlari hisoblanadi.

Eslatib etamiz

Prezidentning 24.12.2024 yildagi PQ-452-sonli qarori bilan Yangi yil bayramini nishonlash davri uchun navbatdagi qoʻshimcha va koʻchirilgan dam olish kunlari belgilandi.

Xususan, 5 kunlik ish haftasiga ega хodimlar uchun 2 yanvar – 4 yanvar shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli, 4 yanvar shanba kuni ular uchun ish kuni boʻladi. 6 kunlik ish haftasiga ega хodimlar uchun esa 2 yanvar qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilangan.

 

 

Dekabrning muhim sanalarini – hisobotlarni tayyorlash va topshirish kunlari, bayramlar va dam olish kunlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Kadrovik PRO tizimi mutaхassislari tomonidan tayyorlangan kadrlar taqvimini yuklab oling. Bundan tashqari, Dekabr oyi uchun kadrlar boʻyicha vazifalar chek-varaqi ishingizda sizga yordam beradi.

 

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text204711_konstitutsiya_kuni_va_yangi_yil_bayramlari_2024-yil_dekabr_oyida_qancha_dam_olishimiz