Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash: Mehnat kodeksiga qanday qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda

preview

Oliy Majlis deputatlari Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni rejalashtirayotgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilishdi. Oʻzgartishlar ish vaqtidan tashqari ishlarga haq toʻlash va ularning eng koʻp davomiyligiga taalluqlidir. Bu haqida kadrovik.uz nashrida batafsil oʻqing.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida хodimlar va ish beruvchilar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Xususan, birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi bilan ish vaqtidan tashqari ishlarga haq toʻlash va ularning bir yildagi eng koʻp davomiyligini hisoblashni soddalashtirish rejalashtirilmoqda.

Hozir Oʻzbekistonda ish vaqtidan tashqari ishga ortiqcha ishlangan har bir soati uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi . Bundan tashqari, MK yil davomida bunday ishning eng koʻp davomiyligini belgilaydi – 120 soat. Ish vaqtidan tashqari ishlarga haq toʻlash qismida qonun loyihasida ortiqcha ishlashning dastlabki ikki soati uchun bir yarim baravar miqdorda, ikki soatdan ortiq ish uchun esa – har bir soat uchun kamida ikki baravar haq toʻlanishi nazarda tutilmoqda.

 

Yangiliklar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text208584_ish_vaqtidan_tashqari_ish_uchun_haq_tulash_mehnat_kodeksiga_qanday_qushimchalar_kiritish_rejalashtirilmoqda