Sentyabr oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya natijalariga koʻra qaysi pedagoglar ish haqining ahamiyatli darajada oshishiga umid qilishi mumkinligini aniqladi. 2025 yilning avgust oyidan dekabr oyiga qadar oʻtkazilgan malakani baholash natijalariga koʻra, 4 038 nafar oʻqituvchi reyestrga kiritildi. Oʻqituvchilardan kimlarga ustama toʻlanishi va uni qanday rasmiylashtirish haqida batafsil kadrovik.uz materialida oʻqing.
Qaysi oʻqituvchilarga ish haqiga 70 % ustama haq toʻlanadi?
Toʻlovlar attestatsiya jarayonida kamida 86 ball toʻplagan va oliy yoki birinchi malaka toifasini tasdiqlagan oʻqituvchilarga toʻlanadi. Ish haqiga ustama haq miqdori 70 %ni tashkil etadi – bunday ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chorasi 17.09.2021 yildagi 572-son VMQda nazarda tutilgan. Rasmiy ma’lumotlarga koʻra, 4 038 nafar pedagog ustama haq olish huquqiga ega boʻldi. Ustama haq toʻlanadigan oʻqituvchilarning toʻliq roʻyхati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining telegram-kanalida e’lon qilindi.
Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Ish haqiga ustama haqni qanday rasmiylashtirish kerak
Agar ustama haq olish huquqi joriy oyda paydo boʻlgan boʻlsa, hisoblash keyingi oydan boshlanadi. Ustama haq toʻlash ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: хodimning F. I. Sh., uning lavozimi va boʻlinmasi; ustama haq belgilash uchun asos; toʻlov miqdori va tartibi. Buyruqni rahbar imzolaydi.
Tavsiya
Kasbiy mahorat, murabbiylik uchun ustamalar toʻlashni qanday rasmiylashtirish va ular mukofotdan nimasi bilan farq qilishi haqida batafsil Kadrovik PRO ekspertlari tavsiyasida oʻqing.
Oʻqishni tavsiya qilamiz