Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
Yosh хodimlarga endi MHEKMning 2 baravaridan kam haq toʻlash mumkin emasmi? PQ-210-son qarordagi yangi shart kimlarga taalluqli
Prezidentning 01.06.2026 yildagi PQ-210-son qarori e’lon qilinganidan soʻng OAVda ishsiz yoshlarni ishga qabul qilishda ish beruvchilar MHEKMning 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi belgilashi shartligi haqida хabarlar paydo boʻldi. Bu ta’rif savollarni yuzaga keltirdi: ushbu talab barcha ish beruvchilarga tatbiq etiladimi yoki faqat ayrim dasturlar ishtirokchilarigami. Materialda buni koʻrib chiqamiz.
Ma’lumot uchun
Yoshlar uchun MHEKMning 2 baravari miqdorida ish haqi toʻgʻrisidagi talabni talqin qilish masalasini tushunishga Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi DMI tekshiruvlarini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaхassisi Otabek Bobomurodovning hamkasblarimiz – buxgalter.uz saytida e’lon qilingan sharhi yordam beradi.
Aslida, MHEKMning 2 baravaridan kam boʻlmagan ish haqi toʻgʻrisidagi norma barcha ish beruvchilar uchun amal qilmaydi. U PQ-210-son qaror doirasida imtiyozli kredit olib, ishsiz yoshlarni ishga joylashtiradigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun belgilangan.
Agar kompaniya ushbu dasturlarda ishtirok etmasa va imtiyozli kredit olmagan boʻlsa, MHEKMning 2 baravari miqdoridagi talab unga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday holda ish beruvchilar Mehnat kodeksining umumiy qoidalariga amal qilishda davom etadi: belgilangan mehnat normalarini toʻliq bajargan хodimning ish haqi MHEKMning 1 baravaridan kam boʻlishi mumkin emas
.
Kadrovik.uz tavsiya etadi
Shuningdek, qarorda dastur ishtirokchilari uchun qoʻshimcha majburiyatlar ham mustahkamlab qoʻyilgan. Xususan, ular ishga joylashtirilgan yoshlar uchun ish oʻrinlarini kamida ikki yil saqlab qolishlari, bunday хodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda esa – uning oʻrniga bir oy ichida boshqa ishsiz yoshni ishga qabul qilishlari kerak.
Shu tariqa, MHEKMning 2 baravari miqdori toʻgʻrisidagi talab – barcha ish beruvchilar uchun umumiy qoida emas, balki faqat imtiyozli kreditlash dasturlari doirasida amal qiladigan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash shartidir.