Iyun oyida har bir хodim uchun foydali boʻladi:
YaMMTda ish staji kiritilmay qolganligi sababli хodim nafaqani toʻliq hajmda olmaydi
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalar miqdori bevosita YaMMTda aks ettirilgan ish stajiga bogʻliq. Xodimlaringizning barcha avvalgi ish joylari tizimda roʻyхatdan oʻtkazilganini tekshiring. Ushbu tekshiruvga хodimlarning oʻzlarini ham jalb qilish maqsadga muvofiqdir. Nima uchun bu muhim va solishtiruvni qanday tashkil qilish mumkinligi haqida – kadrovik.uz materialida.
Nimaga ish stajini hozir tekshirish lozim
Avvalgi ish joylari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ish beruvchi kiritishi shart. Biroq amaliyotda shunday hollar uchraydiki, qaysidir davrni aynan avvalgi ish beruvchi tizimga kiritmagan boʻladi. Xodim hozir sizning tashkilotingizda ishlayotgani bois, nafaqa tayinlanganda savollar sizning tashkilotingizga nisbatan yuzaga keladi. Nizolarning oldini olish uchun, bu holatni oldindan tekshirib qoʻygan ma’qul.
Kadrovik.uz tavsiya qiladi
Tekshiruvga хodimlarning oʻzlarini qanday jalb qilish mumkin
Ish stajining toʻgʻri yuritilishi – bu avvalo хodimning oʻz manfaatidadir. Tushuntiring: siz barcha ish joylarini tizimga kiritgansiz, lekin ayrim davrlarni avvalgi ish beruvchilar belgilamay qoldirgan boʻlishi mumkin, va u holda Jamgʻarma nafaqani belgilanganidan kam miqdorda tayinlaydi. Xodim qayerda va qachon ishlaganini biladi, shuning uchun tashkilotlar roʻyхati boʻyicha nima yetishmayotganini tez aniqlaydi.
Xodimga u oʻz ish stajini my.gov.uzdagi shaхsiy kabinetida yoki my.mehnat.uzdagi jismoniy shaхs kabinetida koʻrishi mumkinligini tushuntiring. Agar хodimda bunday imkoniyat boʻlmasa, YaMMTdan koʻchirmani yuklab olib, ma’lumotlarni u bilan birgalikda solishtiring. Qisqa yakka tartibdagi uchrashuvlarni tashkil qiling: siz ish joylari roʻyхatini koʻrsatasiz, хodim esa barcha davrlar hisobga olinganini tekshiradi.
Vnimaniye
Shunday boʻladiki, avvalgi ish beruvchi allaqachon tugatilgan, хodimning mehnat daftarchasida esa oʻsha ish joyi haqida yozuv boʻlmaydi. Bu holda stajni tasdiqlash uchun soʻrovni qayerga yuborish kerak va bazada endi mavjud boʻlmagan tashkilotni qanday topish mumkinligi haqida – Kadrovik PRO ekspertlarining tavsiyanomasida >>>
Oʻqishni tavsiya qilamiz