Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 18.09.2006 y. OʻRQ-52-son "Firma nomlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 20.06.2006 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 25.08.2006 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

18.09.2006 y.

N OʻRQ-52



"FIRMA NOMLARI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI

QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda) 1098-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik shaхsning firma nomi uning ta’sis hujjatlarida koʻrsatiladi. Firma nomiga boʻlgan huquq yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan e’tiboran yuzaga keladi".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 140-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda) 33-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik shaхs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati sub’yekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega boʻlib, bu nom uning ta’sis hujjatlarida koʻrsatiladi. Firma nomiga boʻlgan huquq tadbirkorlik faoliyati sub’yekti davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan e’tiboran yuzaga keladi".


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                           I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2006 yil 19 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 37-38-son, 371-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2006 yil, 9-son, 494-modda