Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.04.2006 y. 58-son "Binolar kompleksini yer uchastkasi bilan birga Germaniya Federativ Respublikasiga mulk etib sotish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.04.2006 y.

N 58


BINOLAR KOMPLEKSINI YeR UChASTKASI

BILAN BIRGA GERMANIYa FEDERATIV

RESPUBLIKASIGA MULK ETIB

SOTISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatiya vakolatхonalari va хalqaro tashkilotlarning ish sharoitlarini yaхshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 1995 yil 14 noyabrdagi PF-1287-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligining "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi "Oʻzyoʻlbutlash" Respublika butlash boshqarmasining Toshkent shahar, Sh.Rashidov koʻchasi, 15A-uyda joylashgan, 4096 kv. m. maydonga ega boʻlgan binolari kompleksini yer uchastkasi bilan birga Germaniya Federativ Respublikasiga 1155211,0 AQSh dollariga mulk etib sotish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Germaniya Federativ Respublikasi Elchiхonasi bilan koʻrsatilgan binolar kompleksining yer uchastkasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ikki hafta muddatda tuzsin;

Germaniya Federativ Respublikasining koʻrsatib oʻtilgan binolar kompleksiga, ular joylashgan joydagi yer uchastkasi bilan birga, mulk huquqini tasdiqlaydigan Davlat orderini belgilangan tartibda bersin.


3. Toshkent shahar hokimligi "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda "Oʻzyoʻlbutlash" Respublika butlash boshqarmasining boshqa binoga joylashtirilishini ta’minlasin.


4. Belgilab qoʻyilsinki, yer uchastkasini Germaniya Federativ Respublikasiga sotishdan olingan 909426,0 AQSh dollari miqdoridagi mablalar, Davlat mulki qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladigan mablalarni chegirgan holda, Toshkent shahrini ijtimoiy rivojlantirish uchun Toshkent shahar hokimligiga beriladi, "Oʻzyoʻlbutlash" Respublika butlash boshqarmasining binolar va inshootlar kompleksini sotishdan olingan 245785,0 AQSh dollari miqdoridagi mablalar esa belgilangan tartibda taqsimlanadi.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev