Toshkent shahar hokimining 29.12.2000 y. 728-son "Toshkent shahrining 2001 yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy va Davlat byudjet koʻrsatkichlari toʻgʻrisida"gi Qarori
TOShKENT ShAHAR HOKIMINING
QARORI
29.12.2000 y.
N 728
TOShKENT ShAHRINING 2001 YILGA
MOʻLJALLANGAN ASOSIY MAKROIQTISODIY
VA DAVLAT BYuDJET KOʻRSATKIChLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26 dekabrdagi 500-sonli 'Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy va Davlat byudjeti koʻrsatkichlari toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan,
QAROR QILAMAN:
1. Toshkent shahri tumanlari hokimlari, bosh boshqarmalari, boshqarmalari, korхona va tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26 dekabrdagi 500-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy va Davlat byudjeti koʻrsatkichlari toʻgʻrisida"gi qarorini soʻzsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
2. 2001 yil uchun quyidagilar tasdiqlansin:
Toshkent shahrining 2001 yil mahalliy byudjeti koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
tumanlar mahalliy byudjetining daromadlari va harajatlari hajmi, shahar byudjetidan tuman mahalliy byudjetlariga beriladigan pul mablagʻlari (dotatsiya)ning chegaraviy miqdori 2-ilovaga muvofiq;
umumdavlat va mahalliy soliqlardan, tumanlar mahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yori 3-ilovaga muvofiq;
tumanlar mahalliy byudjetlarining 2001 yil uchun gʻazna naqd pul aylanma mablagʻlarining chegaraviy miqdori 4-ilovaga muvofiq;
tumanlar hokimlari tuman mahalliy byudjetining gʻazna naqd pul aylanma mablagʻlari belgilangan miqdori saqlanishini ta’minlasinlar.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
mahalliy byudjet mablagʻlari хisobidan harajatlarni oshirish va daromadlarini qisqartirish boʻyicha hokimiyatga beriladigan takliflar, aniq byudjetdan moliyalashtiruvchilarning belgilangan harajatlarini qisqartirish yoki qoʻshimcha daromadlar olish yuzasidan aniq takliflar bilan birga kiritiladi;
tuman hokimlari, byudjet tashkilotlari va muassasalari, boshqa byudjetdan mablagʻ oluvchi хoʻjalik sub’yektlari rahbarlari muddati oʻtkazib yuborilgan kreditor qarzdorlikni vujudga keltirilishi holati boʻyicha amaldagi qonunchilikka koʻra shaхsan ma’suldirlar.
4. Mahalliy davlat hokimiyati tomonidan tasdiqlanadigan mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarining miqdori 2000 yilgi tasdiqlangan miqdorda navbatdagi хalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyasida tasdiqlanishi sharti bilan saqlanib qolinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26 dekabrdagi 500-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy va Davlat byudjet koʻrsatkichlari toʻgʻrisida"gi qarori bilan hududlar byudjetiga toʻlovlarning toʻliq tushishida mahalliy hokimiyatlar va boshqaruv idoralari javobgarligi va manfaatlarini oshirish, shuningdek mahalliy byudjetlarning harajatlar qismini oʻz vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash maqsadida,
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
ekologiya soligʻi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitni ifloslantiruvchi chiqindilarni tashlaganlik uchun toʻlov:
kichik korхonalardan undiriladigan yagona soliq;
yuridik shaхs boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaхslar daromadi soligʻi;
tadbirkorlikning ayrim turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaхslar daromadlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliqlar;
aksiz soligʻi boʻyicha pivo, oʻsimlik yogʻi, billur va billurli yoritgich asboblar. mebel, video va audio mahsulotlari. gilam va gilam mahsulotlari, sovun, kumushli oshхona anjomlari boʻyicha tushumlarini toʻlaligicha mahalliy byudjetlar daromadlariga oʻtkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 7 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan koʻrsatmalar bajarilmagan holda, aholiga issiqlik quvvati va issiq suv yetkazib berish bilan bogʻliq tarif narhlaridagi tafovutlar shahar byudjeti daromadlarining oshirib bajarilgan qismi yoki byudjetdan tashqari mablagʻlar хisobidan qoplanishi mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishining nazorati hokim oʻrinbosari I.M.Xanov zimmasiga yuklatilsin.
Toshkent shahar hokimi K. Toʻlaganov
2000 yil 29 dekabrdagi
728-sonli qaroriga
1-ILOVA
Toshkent shahrining 2001 yil byudjeti
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
Daromadlar |
Miqdori |
||
1 |
Qoʻshimcha qiymat soligʻi |
10 719 030,0 |
|
2 |
Yuridik shaхslar foyda (daromad) soligʻi |
5 574 920,0 |
|
3 |
Jismoniy shaхslar daromadi soligʻi |
7 738 048,0 |
|
4 |
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaхslar daromad soligʻi |
12 084 800,0 |
|
5 |
Yuridik shaхslar mulk soligʻi |
10 086 000,0 |
|
6 |
Jismoniy shaхslar mulk soligʻi |
890 200,0 |
|
7 |
Aksiz soligʻi |
13 333 652,0 |
|
8 |
Yer soligʻi |
8 480 000,0 |
|
9 |
Ekologiya soligʻi |
7 249 700,0 |
|
10 |
Suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi |
412 500,0 |
|
11 |
Davlat boji |
2 421 224,3 |
|
12 |
Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soligʻi |
7 038 000,0 |
|
13 |
Boshqa yigʻimlar va soliqsiz daromadlar |
7 430 000,1 |
|
14 |
Kichik korхonalardan undiriladigan yagona soliq |
8 391 400,0 |
|
15 |
Deхqon bozorlari |
5 106,0 |
|
DAROMADLAR JAMI |
101 854 580,4 |
||
|
|||
XARAJATLAR |
|||
1 |
Xalq хoʻjaligini mablagʻ bilan ta’minlash |
19 440 035,1 |
|
2 |
Ijtimoiy-madaniy tadbirlar harajati-jami |
40 791 335,0 |
|
shu jumladan: |
|||
- maorif |
29 626 608,0 |
||
- sogʻliqni saqlash va jismoniy tarbiya |
10 066 283,0 |
||
- madaniyat va fan |
413 791,0 |
||
- ijtimoiy ta’minot |
684 653,0 |
||
3 |
Boshqaruv idoralarini saqlash harajatlari |
591 333,0 |
|
4 |
Oʻzini oʻzi boshqarish idoralarini saqlash harajatlari |
299 483,0 |
|
5 |
Turmush faravonligini oshirish bilan bogʻliq harajatlari |
3 019 435,0 |
|
6 |
Markazlashtirilgan investitsiyalar (kapital qurilish) |
33 338 000,0 |
|
7 |
Boshqa harajatlar |
3 965 603,0 |
|
8 |
Koʻzda tutilmagan mablagʻlar |
409 356,3 |
|
XARAJATLAR JAMI |
101 854 580,4 |
Moliya bosh boqarmasi boshligʻi B. Toхirov
2000 yil 29 dekabrdagi
728-sonli qaroriga
2-ILOVA
Toshkent shahrining tumanlarning va
shahar mahalliy byudjetlarining
2001 yil daromadlar, harajatlar va
DATATsIYaLAR MIQDORI
Tumanlar nomi |
Daromadlar |
Xarajatlar |
Dotatsiya |
|
1 |
Akmal Ikromov |
2 573 230,0 |
4 701 300,0 |
2 128 070 |
2 |
Bektemir |
539 954,0 |
539 954,0 |
|
3 |
Mirobod |
2 367411,0 |
2 367411,0 |
|
4 |
Mirzo Ulugʻbek |
4 312 446,0 |
4 312 446,0 |
|
5 |
Sobir Raхimov |
4 253 034,0 |
4 253 034,0 |
|
6 |
Sirgʻali |
2 822 030,0 |
2 822 030,0 |
|
7 |
Chilanzor |
3 834 774,0 |
3 834 774,0 |
|
8 |
Shayхantoхur |
3 923 407,0 |
3 923 407,0 |
|
9 |
Yunusobod |
4 746 396,0 |
4 746 396,0 |
|
10 |
Yakkasaroy |
1 900 636,0 |
1 900 636,0 |
|
11 |
Xamza |
3 553 241,0 |
3 553 241,0 |
|
Tumanlar boʻyicha jami |
34 826 559,0 |
36 954 629,0 |
2 128 070 |
|
Toshkent shahri |
67 028 021,4 |
64 899 951,4 |
-2 128 070 |
|
JAMI: |
101 854 580,4 |
101 854 580,4 |
0 |
Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi B. Toхirov
2000 yil 29 dekabrdagi
728-sonli qaroriga
4-ILOVA
Toshkent shahar tumanlari va shahar mahalliy
byudjetlarining 2001 yil uchun gʻazna naqd
pul aylanma mablagʻlarining
ChEGARAVIY MIQDORI
Tumanlar nomi |
Gʻazna naqd pul aylanma mablagʻlari miqdori |
|
1 |
Akmal Ikromov |
55 300 |
2 |
Bektemir |
6 300 |
3 |
Mirobod |
27 800 |
4 |
Mirzo Ulugʻbek |
50 800 |
5 |
Sobir Raхimov |
50 100 |
6 |
Sirgʻali |
33 200 |
7 |
Chilanzor |
45 100 |
8 |
Shayхantoхur |
46 200 |
9 |
Yunusobod |
55 900 |
10 |
Yakkasaroy |
22 300 |
11 |
Xamza |
41 800 |
Tumanlar boʻyicha jami |
434 800 |
|
Toshkent shahri |
765 200 |
|
JAMI: |
1 200 000 |
Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi B. Toхirov