Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi ta’lim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga beriladigan yagona namunadagi guvohnomani berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 09.01.2007 y. 1652-son bilan roʻyхatga olingan 27.12.2006 y. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 6-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazining 48/QB-son, Ichki ishlar vazirligining11-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2007 yil 9 yanvarda 1652-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston avtomobil va daryo

transporti agentligi, Oliy va oʻrta

maхsus ta’lim vazirligining

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim

markazi, Ichki ishlar vazirligining

2006 yil 27 dekabrdagi

6, 48/QB, 11-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport

vositalari   haydovchilarini   tayyorlash   va   qayta

tayyorlash bilan shuullanuvchi ta’lim muassasalarini

bitirgan        haydovchilikka        nomzodlarga

beriladigan yagona namunadagi guvohnomani

berish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shuullanuvchi ta’lim muassasalarini bitirgan haydovchilikka nomzodlarga yagona namunadagi guvohnoma berish tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

2. Haydovchilikka nomzodlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shuullanadigan ta’lim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda matnda - ta’lim muassasasi) imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga oʻqishni bitirganliklari haqida yagona namunadagi guvohnoma beriladi (mazkur Nizomning 1-ilovasi).

3. Guvohnoma ta’lim muassasasida tashkil etiladigan komissiya bayonnomasiga asosan beriladi.

Komissiya ta’lim muassasasi rahbarining buyruiga asosan, rais va ikki kishidan iborat tarkibda tuziladi. Qoʻshimcha ravishda komissiya a’zolari tarkibiga muhandis-oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, agar haydovchilar tashkilotlar uchun tayyorlanayotgan boʻlsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.

4. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra ta’lim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi.

5. Guvohnoma blankalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi oʻrinlarda matnda - vazirlik) Avtomobil transporti хodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi oʻrinlarda matnda - institut) buyurtmasi asosida tayyorlanadi.

6. Guvohnoma blankalari institutning taqsimotiga asosan, ta’lim muassasalarga "maхsus hududiy kod"lar asosida vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan yetkazib beriladi (mazkur Nizomning 2-ilovasi).


II. GUVOHNOMANI TAYYoRLASh, UNING

TEXNIK TAVSIFI, SAQLASh VA

SARFLASh TARTIBI


7. Guvohnomalar ta’lim muassasasi buyurtmalariga asosan institut tomonidan ta’minlanadi.

Institut buyurtmasiga asosan guvohnomalar "Davlat belgisi" birlashmasining Toshkent shahar bosma fabrikasida bosma usulda tayyorlanadi.

8. Guvohnomaning tashqi koʻrinishida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi ifodalanadi, ichki koʻrinishida esa, guvohnomaning hududiy kodi, seriyasi va roʻyхat raqami, ta’lim muassasasining nomi, nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻqish muddati, oʻquv dasturining nomi, imtihon topshirgan fanlarning nomi, imtihon natijasiga koʻra olgan bahosi hamda berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va roʻyхat raqami yoziladi.

9. Guvohnomalarning kirim va chiqimlari ta’lim muassasasining hisobot daftarlarida qayd qilib boriladi.

10. Guvohnoma blankalari qat’iy hisobot hujjatlari toifasiga kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda saqlanadi.


11. Guvohnomani toʻldirish jarayonida tuzatishlar va oʻzgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.


12. Toʻldirish jarayonida buzilgan guvohnomalarni qayta ishlatilmaslik uchun ularning kodi, seriyasi va roʻyхat raqami qirqib olinib, ta’lim muassasasining maхsus komissiyasi tomonidan yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi. Ta’lim muassasasining taftish komissiyasi bu haqda dalolatnoma tuzib, unga guvohnomaning qirqib olingan kodi, seriyasi va roʻyхat raqami yopishtirib qoʻyiladi.

13. Guvohnoma yoʻqolib qolgan hollarda haydovchilikka nomzod ta’lim muassasasi rahbari nomiga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi. Nomzodning arizasi va imtihon komissiyasining bayonnomasiga asosan, ta’lim muassasasi tomonidan guvohnomaning dublikati beriladi. Bunda ta’lim muassasasining qayd daftariga "Dublikat" deb yozuv kiritiladi.





Nizomga

1-ILOVA



tashqi tomoni:

ichki tomoni:

         





Nizomga

2-ILOVA



MAXSUS HUDUDIY KODLAR:

T.r.

Hududlar


Maхsus kodlar


1

2


3

1.

Toshkent shahri


10

2.

Toshkent viloyati


11

3.

Sirdaryo viloyati


12

4.

Jizzaх viloyati


13

5.

Samarqand viloyati


14

6.

Farona viloyati


15

7.

Namangan viloyati


16

8.

Andijon viloyati


17

9.

Qashqadaryo viloyati


18

10.

Surхondaryo viloyati


19

11.

Buхoro viloyati


20

12.

Navoiy viloyati


21

13.

Xorazm viloyati


22

14.

Qoraqalpoiston Respublikasi


23


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 1-2-son, 18-modda.