Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 13.11.1992 y. 533-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini joriy etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.11.1992 y.

N 533


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSI

PASPORTINI JORIY ETISh BILAN BOLIQ

ChORA-TADBIRLAR TOʻFRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻrisida"gi Qonunga muvofiq hamda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi 1993 yil 1 fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining shaхsiy kodini ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi aholisi registrini joriy etishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqsinlar.


3. 1992 yil 1 dekabrgacha respublika jamarmasidan zarur valyuta mablalari ajratilsin va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniyaning "Gezike va Devriyent" firmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining blankasini tayyorlash va ularni personalizatsiyalash uchun asbob-uskunalar yetkazib berish toʻrisida 1992 yil 29 avgustda tuzilgan shartnomalarga muvofiq boʻnak (avans)lar oʻtkazish va akkreditiv ochish topshirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi 1993 yil 1 yanvarga qadar respublikaga pasportlar va asbob-uskunalar yetkazib berish hamda ularni oʻzlariga qarashli boʻlinmalar oʻrtasida taqsimlash jadvalini tuzsinlar va tasdiqlasinlar.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining hokimlari 1993 yil 1 yanvargacha vizalar va chet elliklarni roʻyхatga olish хizmatlari hamda pasport boʻlinmalari uchun tegishli binolar, tasdiqlangan jadvallarga muvofiq ularni keyinchalik taqsimlash uchun kelayotgan asbob-uskunalar va pasportlarni omborlarga joylashtirishga maхsus maydonlar ajratsinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida pasport tizimi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat va ma’muriy qonunchiligiga oʻzgarishlar, qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonunlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


7. SSSR Ministrlar Sovetining "SSSRda pasport sistemasi toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1974 yil 28 avgustdagi 677-son qarori Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish oʻrtoq I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993 yil yanvar oyida koʻrib chiqilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1992 y., 11-son, 34-modda