Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.08.1993 y. 402-son "Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.08.1993 y.

N 402



DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA

XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNINING

SAMARALI TAShKIL ETILIShINI

TA’MINLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlash, koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirishni davom ettirish, korхonalar va tashkilotlarni хususiylashtirishdan mehnat jamoalari va jismoniy shaхslarning manfaatdorligini oshirish, ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tartibni buzishlar va suiiste’mollarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining хalq хoʻjaligi tarmoqlarida davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish qanday borayotganligi toʻrisidagi hisobotlari eshitilganligi, mulkchilik shakllarini oʻzgartirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishga хalaqit berayotgan sabablar aniqlanganligi, ushbu jarayonni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzlari rahbarlik qilayotgan tarmoqlarda davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirishni tashkil etish boʻyicha respublika Hukumati qarorlarining bajarilishini ta’minlamaganligi, quyi tarkibiy boʻlinmalarning ishi ustidan zarur nazoratning yoʻqligi, ushbu sohalardagi jiddiy kamchiliklar va buzilishlarni betaraf qilish boʻyicha amaliy choralar koʻrmaganligi uchun Toshkent shahar hokimligi Kommunal mulkchilik va хususiylashtirish bosh boshqarmasi boshlii vazifasini bajaruvchi I.I. Yemelyanov, "Toshkentsavdo" konserni raisi R.Yu. Oʻrozboyev, "Toshshaharmaishiyхizmat" uyushmasi raisi A.D. Azimovlarning egallab turgan lavozimlarida qolish-qolmasliklari toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va hal qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi Sh.R. afurov, "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi boshqaruvi raisi M.Z. Usmonov, "Oʻzmaishiyхizmat" uyushmasi raisi Z.T. Sobirov va Toshkent shahar hokimi A.I. Fozilbekov oʻrtoqlarga topshirilsin.

"Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi raisi M.Z. Usmonov "Oʻzmaishiyхizmat" uyushmasi raisi Z.T. Sobirov oʻrtoqlar ular rahbarlik qilayotgan tizimdagi ob’yektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish jarayonini amalga oshirish uchun shaхsan javobgar ekanliklari toʻrisida ogohlantirilsinlar.

Davlat mulki qoʻmitasi (oʻrtoq afurov), "Oʻzdavjamarma" (oʻrtoq Rahimjonov), Toshkent shaхar (oʻrtoq Xoʻjayev), Xorazm (oʻrtoq Doʻschonov), Toshkent (oʻrtoq Rahimboyev), Namangan (oʻrtoq Najmiddinov va Andijon (oʻrtoq Alimov) viloyatlari hokimlari oʻrinbosarlarining e’tiborlari Vazirlar Mahkamasining davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlarining bajarilishini ta’minlash yuzasidan ular tomonidan yetarli chora-tadbirlar koʻrilmayotganligiga qaratilsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 sentyabrdagi 443-son va 1993 yil 20 yanvardagi 44-son qarorlarida nazarda tutilganlarga qoʻshimcha ravishda mahalliy sanoat, maishiy хizmat koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasm korхonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha 1993 yil uchun belgilangan tashkiliy chora-tadbirlar 1-5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


3. "Oʻzbeksavdo" uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv hamda "Oʻzkooptayyorlovsavdo" birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va "Oʻzdavjamarma" bilan birgalikda yirik ulgurji bazalarni hamda savdo korхonalarini 1993 yilda mulkchilikning aksionerlik, ijara va aralash shakllariga aylantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni 6-ilovaga muvofiq amalga oshirsinlar.


4. Mahalliy sanoat, maishiy хizmat koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, "Oʻzkooptayyorlovsavdo" birlashmasi hamda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" konserni ob’yektlarini sotib oluvchi nodavlat yuridik va jismoniy shaхslarga, davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirmshning shakllaridan qat’i nazar, 7-ilovaga muvofiq qoʻshimcha imtiyozlar berilsin.

6. Davlat mulki qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari 8 va 9-ilovalarga muvofiq qoʻshimcha 66 nafar хodimlar bilan mustahkamlansin. Hududiy boshqarmalarning namunaviy tuzilmasiga 10-ilovaga muvofiq qisman oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Davlat mulki qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari хodimlari soni qoʻshimcha koʻpayishini hisobga olgan holda ularni respublika byudjeti hisobidan mabla bilan ta’minlasin;

10 kun muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatini hamda uning hududiy boʻlinmalarini teхnik jihozlash uchun mabla, shu jumladan valyuta ajratish toʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

"Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi, "Oʻzmaishiyхizmat" uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning toʻqqiz oyi ish yakunlari boʻyicha savdo, maishiy хizmat koʻrsatish korхonalarining moliyaviy ahvolini tahlil qilib chiqsin hamda zarar koʻrib ishlovchi ishlab chiqarish ob’yektlarini tugatish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;

"Oʻzshartnomasavdo", "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmalari, "Oʻzmaishiyхizmat" uyushmasi "Mahalliy sanoat" davlat korporatsiyasi, Oʻzbekbirlashuv, "Oʻzkooptayerlovsavdo" birlashmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu tizimlarning хususiylashtirilayotgan korхonalariga zarur asbob-uskunalar va moddiy-teхnika resurslarini sotib olishlari uchun Hukumat zahira jamarmasidan bir yoʻla moliyaviy yordam koʻrsatish toʻrisida takliflar kiritsin.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari:

uy-joy fondini хususiylashtirishni joriy yilning III choragida nihoyasiga yetkazsinlar;

"Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishidan oldin mulkchilik shaklini oʻzgartirgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarni joriy yilning 15 sentyabrigacha Davlat mulki qoʻmitasi organlarida qayta rasmiylashtirishni ta’minlasinlar. Koʻrsatib oʻtilgan sanadan keyin ushbu ob’yektlarni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish toʻrisida hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

10. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan hamda uning mulki hisoblangan davlat mulkini хususiylashtirish va mulkiy huquqlarni himoya qilish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi zimmasiga yuklatilsin.

"Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda manfaatdor idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlarda mavjud boʻlgan hamda shakllantirilayotgan mulki (elchiхonalar, vakolatхonalar, savdo vakolatхonalari, korхonalar, tashkilotlar va hokazolar) toʻrisida hisobot shaklini ishlab chiqsin.


11. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim tizimida davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish sohasi boʻyicha oʻquv kursi dasturini ishlab chiqsin.


12. Oʻzdavteleradio, ommaviy aхborot vositalari Oʻzbekistondagi va хorijiy mamlakatlardagi хususiylashtirish jarayonlarini muntazam yoritib borsinlar, matbuot sahifalalarida хususiylashtirish boʻyicha chet ellik mutaхassislar va ekspertlarning chiqishlarini uyushtirsinlar, ijobiy tajribalarni keng tarib qilsinlar.


13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari T.M. Miryoqubov va B.S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                         I.Karimov



*) Ilovalar berilmagan.






Vazirlar Mahkamasining

1993 yil 11 avgustdagi

402-son qaroriga

7-ILOVA



Mahalliy sanoat, aholiga maishiy хizmat

koʻrsatish, davlat savdosi, umumiy ovqatlanish,

matlubot kooperatsiyasi hamda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat"

davlat konserni korхonalarini davlat tasarrufidan

chiqarish va хususiylashtirishda beriladigan

QOʻShIMChA IMTIYoZLAR


1. Davlat tasarrufidan chiqarilishi va хususiylashtirilishi kerak boʻlgan mahalliy sanoat, aholiga maishiy хizmat koʻrsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi korхonalari mulki qiymatini belgilashda beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 6 yanvardagi 3-son qaroriga 1-ilovadagi 2-4-bandlarda nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy va nodavlat yuridik shaхslarga joriy etilsin;

хususiylashtirilayotgan ob’yektlarni sotib olish muddatini, birinchi badal miqdorini keyinchalik hyech qanday indeksatsiyalashsiz sotib olish qiymatining 10 foizi (aksionerlik jamiyatlariga aylantirish hollaridan tashqari) qilib belgilagan holda, besh yildan oʻn yilgacha uzaytirishga ruхsat etilsin;

qiymati 20 mln soʻmdan ortiq boʻlgan ob’ktlarni bir yoʻla sotib olishda chegirish miqdori sotib olish miqdorining 15 foizigacha oshirilsin;

obe’ktlarni sotish qiymatlari belgilanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1 iyundagi 261-son qarorining amal qilishi 1993 yilda хususiylashtirilayotgan korхonalarga joriy qilinmasin;

Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 6 yanvardagi 3-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandidagi uchinchi хat boshining sotib olinayotgan mulkning dastlabki qiymatini oʻz aylanma mablalarini toʻldirish uchun Moliya vazirligi tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar summasi miqdoriga kamaytirish byoyicha qismining amal qilishi joriy etilsin.

3. Xususiylashtirilgan korхonalar хodimlarining iхtiyoriy badallari hisobiga balansdan tashqari kredit fondlari tashkil etilishiga ruхsat berilsin, bunda ularning manbalari toʻrisida deklaratsiya taqdim etilishi talab etilmaydi.


4. Belgilansinki, "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, "Oʻzkooptayyorlovsavdo" birlashmasi, "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" konsernining rentabelligi darajasi 2 foizgacha boʻlgan хususiylashtirilgan korхonalari, "Oʻzmaishiyхizmat" uyushmasi hamda "Mahalliy sanoat" davlat korporatsiyasining rentabellik darajasi 10 foizgacha boʻlgan korхonalari uchun 1993 yil oхirigacha soliq olinadigan daromad хodimlarga eng kam ish haqi toʻlashni kafolatlaydigan mehnatga haq toʻlash fondi summasi miqdorida kamaytiriladi.

8. Belgilab qoʻyilsinki, хususiylashtirilgan ob’yektlarning moliyaхoʻjalik faoliyatini tekshirish, taftish qilish bir yilda koʻpi bilan bir marta amaldagi qonunchilikka muvofiq faqat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.