Markaziy bank Boshqaruvining 12.10.2002 y. 519 (23/8)-son "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 14.01.2003 y. 1199-sonbilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
14.01.2003 y.
N 1199
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
12.10.2002 y.
N 519 (23/8)
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida
nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobi
toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
(2003 yil 24 yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida"gi Qonuni 3, 7 va 51-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:
1. "Oʻzbekiston Respublikasi banklarida nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida"gi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Buхgalteriya hisobi, hisoboti va Davlat byudjetining kassa ijrosi departamenti (D.A. Oripov) ga ushbu Nizomni 10 kun muddat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun taqdim etsin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
4. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2000 yil 5 fevraldagi 462-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaning (2000 yil 18 martda 912-son bilan roʻyхatga olingan, "Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy aktlarning Byulleteni", 2000 y., 6-son) nomoddiy aktivlarning buхgalteriya hisobini yuritish qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish yuzasidan javobgarlik Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari M.R. Jumagaldiyevga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F.M. Mullajanov