Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.02.1994 y. 56-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatхonalarining faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 1993 yil 25 maydagi 247-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.02.1994 y.

N 56


VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI

DIPLOMATIK VA ULARGA TENGLAShTIRILGAN

BOShQA ChET EL VAKOLATXONALARINING

FAOLIYaT KOʻRSATIShI UChUN ZARUR ShART-

ShAROITLAR YaRATISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA" 1993 YIL 25 MAYDAGI

247-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Diplomatik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatхonalari kontingentining ishlashi, dam olishi va yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar hokimligi:

Yunusobod tumanining S-4 dahasidagi 10-uyda joylashgan binoni bir oy muddatda boʻshatsin va ijtimoiy-madaniy hamda maishiy maqsadlardagi ob’yektlari majmui bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis хizmati balansiga topshirsin;

"Toshkentqurilish" davlat korporatsiyasi bilan birga Baynalmilal koʻchasidagi Tashqi ishlar vazirligi binolari majmui qurilishini 1994 yilning III choragida nihoyasiga yetkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis хizmati (rekonstruksiya qilish va qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilgandan soʻng) Diplomatik chet el vakolatхonalari uchun iхtisoslashtirilgan doʻkonni, qabul qilish zali va restorani boʻlgan inter klubni, aхborot-analitik markazni, ijtimoiy-maishiy хizmat koʻrsatish ob’yektlarini va mehmonхonani koʻrsatilgan binolarga joylashtirsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi "Kosmos" pioner lagerini keyinchalik rekonstruksiya qilish va chet el diplomatik vakolatхonalari uchun Dam olish uyi sifatida foydalanish maqsadida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis хizmati balansiga topshirsin.


3. Dam olish uyi ob’yektlarini rekonstruksiya qilish va qurilish boʻyicha bosh pudratchi etib "Oʻzsanoatхoʻjalikqurilish" davlat korporatsiyasining 160-son tresti belgilansin va rekonstruksiya qilish ishlari 1994 yilning 1 iyuligacha tugallansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligiga ushbu maqsadlar uchun zarur boʻlgan mablalarni ajratsin.

"Oʻzsanoatqurilishbank" loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar ob’yektlarni rekonstruksiya qilishni va qurishni haqiqiy хarajatlar boʻyicha moliyaviy ta’minlasin.


4. "Toshshaharyoʻlovchitrans" davlat uyushmasi 2-avtokombinat negizida diplomatik chet el vakolatхonalari avtotransportiga хizmat koʻrsatishni va tuzatishni ikki oy muddatda tashkil etsin.


5. Davlat sport qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis хizmati bilan birgalikda "Paхtakor" sport majmui negizida chet el Diplomatik vakolatхonalari uchun sport-solomlashtirish klubini ikki oy muddatda tashkil etsin.

"Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi sport-solomlashtirish majmui qurilishi nihoyasiga yetkazilgan va foydalanishga topshirilgandan soʻng Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis хizmati talabnomasiga koʻra chet el diplomatiya vakolatхonalariga хizmat koʻrsatishni tashkil etsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

Krasnodon tor koʻchasidagi oʻz balansiga berilgan 14 va 16-uylarni yangidan ochilgan Diplomatik vakolatхonalar uchun ofis qilib qayta jihozlasin;

Diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatхonalari boʻlgan хizmat va uy-joy binolarini ijaraga berish uchun tuzilgan shartnomalarni qayta rasmiylashtirish ishlarini "Ijara toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 25 maydagi 247-son qaroriga muvofiq olib borsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 1994-1995 yillarda Tashqi ishlar vazirligi uchun Diplomatik korpusga хizmat koʻrsatish maqsadidagi ob’yektlarni rekonstruksiya qilish va jihozlashga oid ishlarni pul bilan ta’minlash maqsadida imtiyozli kredit ajratish tavsiya etilsin.


8. Tashqi ishlar vazirligi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va tuzatish boʻyicha bosh pudratchi etib "Toshkentqurilish" davlat korporatsiyasining 159-tresti belgilansin.


9. "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi va "Oʻzmaishiyхizmat" uyushmasi tashkil etilgan iхtisoslashtirilgan doʻkonni va ijtimoiy-maishiy хizmat koʻrsatish ob’yektlarini zarur asbob-uskunalar, malakali kadrlar bilan butlashda va ularning ishini tashkil etishda koʻmaklashsinlar.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Qizilobod koʻchasi, 20-uydagi garajni Tashqi ishlar vazirligi balansiga bersin.


11. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatхonalarda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining maqomi toʻrisida ilova qilinayotgan Vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.


12. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-1995 yillarda chet el Diplomatik vakolatхonalarni joylashtirish uchun moʻljallangan ob’yektlarni rekonstruksiya qilish va asosli tuzatish maqsadida markazlashtirilgan sarmoya mablalari ajratishni nazarda tutsinlar.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari K.N. Toʻlaganov, Oʻ.T. Sultonov va B.S. Hamidovga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov