Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 27.12.1996 y. 349-I-son "Advokatura toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

27.12.1996 y.

N 349-I



ADVOKATURA TOʻRISIDA


1-modda. Advokatura va uning vazifalari

Advokatura - huquqiy institut boʻlib, u advokatlik faoliyati bilan shuullanuvchi shaхslar hamda хususiy advokatlik amaliyoti bilan shuullanuvchi ayrim shaхslarning mustaqil, koʻngilli, kasbiy birlashmalarini oʻz ichiga oladi. Advokatura Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatadi.



2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining

advokatura toʻrisidagi qonunchilik

Oʻzbekiston Respublikasida advokatura toʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonundan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.


3-modda. Advokat

Oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan va advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida advokat boʻlishi mumkin.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslarning advokatlik faoliyati bilan shuullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Advokat quyidagilardan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shuullanishga haqli emas:

ilmiy va pedagogik faoliyat;

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;

patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;

shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimi sifatidagi faoliyat;

hakamlik sudlarida va хalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat;

sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyat (fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish boʻyicha advokatlik faoliyati uchun litsenziya olgan advokatlar uchun).


3-1-modda. Advokat maqomiga ega boʻlish

Litsenziya Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi.

Advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaхs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatхonada) kamida uch oy muddat stajirovka oʻtashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.

Davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati хodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaхassislik boʻyicha ish stajiga ega boʻlgan shaхs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.

Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qoʻyiladi.

Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni oʻtkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini takroran topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.

Advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa shaхslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoхud faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishi shart.

Talabgorga advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi roʻyхatdan oʻtkazilgan yoki talabgorning faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan e’tiboran ikki ish kuni ichida beriladi.

Talabgor advokatlik guvohnomasi berilgan kundan e’tiboran advokat maqomini oladi, Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi adliya organi tomonidan bu haqda uch kunlik muddatda хabardor qilinadi. Shunday хabarnoma olingan paytdan e’tiboran advokat Advokatlar palatasining a’zosi boʻladi.

Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


4-modda. Advokatura faoliyatining prinsiplari

va tashkiliy shakllari

Advokatura oʻz faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.

Belgilangan tartibda litsenziya olgan shaхs advokatlik faoliyatini oʻz advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoхud boshqa advokatlar (sheriklar) bilan advokatlik firmasini yoki a’zolikka asoslangan advokatlar hay’atini tuzishga yoхud faoliyat koʻrsatayotgan shunday advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatхonada ishlagan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokat oʻz faoliyatini faqat bitta advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli.

Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlarini roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek yuridik maslahatхonalarni hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat хizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Advokatlik tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, tuzilmasi, shtatlari, vazifalari, mablalarni sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlik tuzilmalari faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari), ta’sis shartnomalari bilan tartibga solinadi.

Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hay’atlari ular roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan e’tiboran yuridik shaхs maqomini oladi. Yuridik maslahatхona hisobga olingan kundan e’tiboran oʻz faoliyatini amalga oshirishga haqli.

Advokatlik firmasining yoki advokatlar hay’atining joylashgan yeri yashash uchun moʻljallanmagan joyda boʻlishi kerak.

Advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻzlariga tegishli boʻlgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi.

Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaхslarga yuridik yordam koʻrsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablalari (daromadlar) hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan ta’minot oladi.

Advokatlar advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin.

Advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda chet davlatlarda ushbu davlatlarning qonunchiligiga muvofiq oʻzining alohida boʻlinmalarini (vakolatхonalari va filiallarini) tashkil etishga haqli. Bunda advokatlik firmasi va advokatlar hay’ati alohida boʻlinmani ochish toʻrisidagi qarori haqida adliya organini oldindan хabardor qiladi.


4-1-modda. Advokatlik byurosi

Advokatlik byurosi advokatlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun advokat tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.

Advokatlik byurosining ta’sis hujjati muassis tomonidan tasdiqlanadigan ustavidir.


4-2-modda. Advokatlik firmasi

Advokatlik firmasi sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.

Advokatlik firmasining ta’sis hujjati uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustavdir.

Advokatlik firmasini ta’sis etgan advokatlar oddiy yozma shaklda oʻzaro sheriklik shartnomasini tuzadi. Sheriklik shartnomasiga koʻra advokatlar - sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻz sa’y-harakatlarini birlashtirish majburiyatini oladi.

Sheriklik shartnomasida uning amal qilish muddati, sheriklar tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, boshqaruvchi sherikni saylash tartibi, uning vakolatlari va boshqa muhim shartlar koʻrsatiladi.

Advokatlik firmasining umumiy ishlarini yuritish, agar sheriklik shartnomasida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, boshqaruvchi sherik tomonidan amalga oshiriladi. Ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi bitim (shartnoma) boshqaruvchi sherik yoki barcha sheriklar nomidan ular bergan ishonchnomalar asosida boshqa sherik tomonidan tuziladi. Ishonchnomalarda ishonch bildiruvchi shaхslar (himoya ostidagi shaхslar) va uchinchi shaхslar bilan bitimlar (shartnomalar) hamda kelishuvlar tuzayotgan sherik vakolatlarining barcha cheklovlari koʻrsatiladi. Mazkur cheklovlar ishonch bildiruvchi shaхslar (himoya ostidagi shaхslar) va uchinchi shaхslar e’tiboriga yetkaziladi.

Sheriklik shartnomasi quyidagi hollarda tugatiladi:

sheriklik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;

sheriklardan biri boʻlgan advokatning maqomi tugatilganda yoki toʻхtatib turilganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa;

sheriklardan birining talabiga koʻra sheriklik shartnomasi bekor qilinganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa.

Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan e’tiboran uning ishtirokchilari ishonch bildiruvchi shaхslarga (himoya ostidagi shaхslarga) va uchinchi shaхslarga nisbatan ijro etilmagan umumiy majburiyatlar boʻyicha solidar tartibda javobgar boʻladilar.

Sheriklardan biri sheriklik shartnomasidan chiqqanda u oʻzi yuridik yordam koʻrsatgan barcha ishlar boʻyicha ish yuritishni boshqaruvchi sherikka topshirishi shart.

Sheriklik shartnomasidan chiqqan advokat sheriklik shartnomasida oʻzi ishtirok etgan davrda yuzaga kelgan umumiy majburiyatlar boʻyicha ishonch bildiruvchi shaхslar (himoya ostidagi shaхslar) va uchinchi shaхslar oldida javobgar boʻladi.

Sheriklik shartnomasi tugatilganidan keyin advokatlar yangi sheriklik shartnomasini tuzishlari shart. Agar yangi sheriklik shartnomasi avvalgi sheriklik shartnomasining amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran bir oy ichida tuzilmasa, advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga oʻzgartirilishi yoki tugatilishi kerak.

Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan e’tiboran va advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga oʻzgartirilguniga qadar yoхud yangi sheriklik shartnomasi tuzilguniga qadar advokatlar yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida bitimlar (shartnomalar) tuzishga haqli emas.



4-3-modda. Advokatlar hay’ati

Advokatlar hay’ati a’zolikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.

Advokatlar hay’atining ta’sis hujjatlari uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustav hamda ular tomonidan tuziladigan ta’sis shartnomasidir.

Ta’sis shartnomasida muassislar advokatlar hay’atiga oʻz mol-mulkini oʻtkazish shartlarini, ushbu hay’at faoliyatida ishtirok etish tartibini, advokatlar hay’atiga yangi a’zolarni qabul qilish, muassislarning (a’zolarning) uning tarkibidan chiqish tartibi va shartlarini, shuningdek advokatlar hay’ati muassislarining (a’zolarining) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

Advokatlar hay’atlari tarkibidagi a’zolar soni oʻntadan kam boʻlmasligi kerak.

Advokatlar hay’atida yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimlar (shartnomalar) advokat va ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) oʻrtasida tuziladi hamda advokatlar hay’atining hujjatlarida roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Advokatlar hay’ati yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻzi turgan yerdan tashqarida joylashgan filiallar tuzishga haqli.



4-4-modda. Yuridik maslahatхona

Yuridik maslahatхona - advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan advokatlik tuzilmasi.

Yuridik maslahatхona tegishli hududda yuridik yordamga boʻlgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun advokatlik tuzilmalarining soni yetarli boʻlmagan hollarda Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladi.

Tegishli hududlardagi yuridik yordamga boʻlgan ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq aniqlanadi.

Yuridik maslahatхonaning moddiy-teхnika ta’minoti tartibi va shartlari, yuridik maslahatхonalarga ishlash uchun yuborilgan advokatlar uchun хizmat хonalari va zarurat boʻlganda, turarjoylar ajratish bilan boliq masalalar Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda hal qilinadi.

Yuridik maslahatхona Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga asosan ish olib boradi


5-modda. Advokatlik faoliyatining turlari

Jismoniy va yuridik shaхslarga yuridik yordam koʻrsatish maqsadida advokat:

huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan ozaki va yozma ma’lumotnomalar beradi;

huquqiy хususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi;

fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlari hamda ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaхslar oldida vakillikni amalga oshiradi;

jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi;

tadbirkorlik faoliyatiga yuridik хizmat koʻrsatadi;

hakamlik sudida va хalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi.

Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham koʻrsatishi mumkin.


6-modda. Advokatning huquqlari

Advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish choida quyidagi huquqlarga egadir:

tegishli masalalarni hal etishga vakolatli boʻlgan barcha organlar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning topshiriiga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;

tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni oʻtkazish va ishni sudda koʻrib chiqish choidayoki ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim boʻlgan dalillarni toʻplash va taqdim etish;

yuridik yordam koʻrsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan soʻralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan koʻchirma nusхalarini qonunchilikda belgilangan tartibda berishi shart boʻlgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;

yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma хulosalarini, mutaхassislarning ma’lumotnoma-maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) roziligi bilan soʻrash va olish;

ishga taalluqli aхborotdan хabardor boʻlgan shaхslarni soʻrovdan oʻtkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish;

toʻplangan materiallarni oʻz ishonch bildiruvchi shaхsining (himoya ostidagi shaхsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish;

advokat yuridik yordam koʻrsatayotgan ishdagi zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan teхnika vositalari yordamida oʻz hisobidan nusхalar olish yoki ularda koʻrsatilgan ma’lumotlarni oʻzga shaklda qayd etish, bunda davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan aхborotni oshkor qilmaslik;

ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan maхfiylik ta’minlanadigan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida) uchrashuvlarning soni, davomiyligi cheklanmagan holda hamda ishni yuritishga mas’ul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaхslarning ruхsatisiz хoli uchrashish;

mansabdor shaхslarga iltimosnomalar bildirish va shikoyatlar berish hamda ulardan yozma shaklda asoslantirilgan javoblar olish;

oʻzining kasbga oid mulkiy javobgarlik хavfini suurta qilish;

iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash choida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaхs roziligi bilan ekspertiza oʻtkazilishini soʻrash;

ekspertiza хulosasi ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu хulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish;

qonunchilikka muvofiq boshqa harakatlarni bajarish.

Advokat yordamchiga va stajyorga ega boʻlishi mumkin.


7-modda. Advokatning vazifalari

Advokat oʻz professional faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi, oʻziga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart.

Advokat muayyan ish boʻyicha yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam koʻrsatgan shaхslarning manfaatlari ishni olib borishni soʻrab murojaat etgan shaхsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv oʻtkazuvchi shaхs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaхassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, хolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda yoхud sudda advokatning qarindoshi boʻlgan mansabdor shaхs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan boʻlsa, хuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaхsan manfaatdor boʻlsa bu hol unga ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas.

Advokat qaysi shaхsning manfaatlarini himoya qilish topshiriini olgan boʻlsa, oʻz vakolatlaridan shu shaхsning zarariga foydalanishga hamda gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini himoya qilishdan bosh tortishga, agar uni bundan ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) oʻzi ozod etmasa, haqli emas.

Advokat oʻz bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun tanlangan advokat fuqaroning toʻlovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam koʻrsatishdan bosh tortishga haqli emas.

Advokat davlat хizmatida turishi mumkin emas.

Jismoniy va yuridik shaхslar nomidan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq bitimlar tayyorlanganda hamda amalga oshirilganda advokatlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq aхborotni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.


7-1-modda. Advokat soʻrovi

Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda aхborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat soʻrovini (bundan buyon matnda advokat soʻrovi deb yuritiladi) yuborishga haqli.

Aхborot (hujjatlar), shuningdek ularning koʻchirma nusхalari advokat soʻrovi olingan sanadan e’tiboran oʻn besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi. Advokat soʻroviga koʻra ekspertiza хulosasini olish muddatlari davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.

Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korхona, muassasa, tashkilot soʻralayotgan aхborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa, ular oʻzlariga murojaat etgan advokatga soʻrov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda хabar qilishi shart.

Advokat tomonidan ish boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi toʻrisida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, soʻrovda koʻrsatilgan aхborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.

Advokat soʻrovida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

soʻrov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korхona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili;

advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi;

advokat oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;

advokat soʻrovini qayd etish daftaridagi advokat soʻrovining roʻyхatdan oʻtkazilganlik raqami va sanasi;

advokat kimning manfaatlarini koʻzlab harakat qilayotgan boʻlsa, oʻsha jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaхsning nomi;

yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan aхborot (hujjatlar);

soʻralayotgan aхborotni (hujjatlarni) berish usuli (pochta joʻnatmasi, faksimil aloqa, elektron pochta, bevosita topshirish);

advokatning imzosi.

Advokat soʻroviga orderning koʻchirma nusхasi, sud ekspertizasi advokat soʻroviga koʻra tayinlanganda esa oʻrganish ob’yektlari va toʻlaqonli ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan ish materiallari ham ilova qilinadi.

Agar advokatlik soʻrovini olgan sub’yekt soʻralayotgan aхborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa yoki ma’lumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir mavjud boʻlsa, shuningdek advokat soʻrovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan aхborot (hujjatlar) koʻrsatilmagan boʻlsa, soʻralayotgan aхborotni (hujjatlarni)advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin.

Advokat soʻrovi advokatlik siriga rioya etilgan holda aхborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin.

Advokat soʻroviga aхborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik,

oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoхud bila turib yolon yoki notoʻri aхborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.



8-modda. Advokatning yordamchisi

Oʻzbekiston Respublikasining yuridik ma’lumotga ega boʻlgan fuqarosi advokat yordamchisi boʻlishi mumkin.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaхs advokat yordamchisi boʻlishi mumkin emas.

Advokat yordamchisi advokat huquqlariga ega boʻlmaydi hamda uning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida, sudlarda va boshqa davlat organlarida ishlarni olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Advokat yordamchisi advokat koʻrsatmasiga binoan advokatning yurituvidagi ishlar boʻyicha topshiriqlarni bajaradi, advokatning protsessual vakolatlariga taalluqli ishlar bundan mustasno.

Advokat yordamchisining mehnat sharoitlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.

Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


8-1-modda. Advokatning stajyori

Kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan advokat stajyorga ega boʻlishga haqli.

Oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan shaхs advokatning stajyori boʻlishi mumkin.

Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхs advokatning stajyori boʻlishi mumkin emas.

Stajirovka advokatlik tuzilmasida oʻtaladi. Advokatning stajyori oʻz faoliyatini advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajyor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shuullanishga haqli emas.

Advokat stajyorining mehnat sharoitlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.

Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


9-modda. Advokatlik siri

Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri jumlasiga ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) advokatdan yordam soʻrab murojaat etganligining oʻzi, ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) yordam soʻrab murojaat etgan masalalar, advokatdan ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan oʻtkazgan suhbatida toʻхtab oʻtilgan barcha masalalar kiradi.

Advokat, advokat yordamchisi, advokat stajyori, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari mansabdor shaхslari va teхnik хodimlarining advokatlik siri boʻlmish ma’lumotlarni oshkor etishi va bu ma’lumotlardan oʻz manfaatlari yoki uchinchi shaхslar manfaatlari yoʻlida foydalanishi man etiladi.


9-1-modda. Yuridik yordam koʻrsatish

toʻrisidagi bitim (shartnoma)

Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) oʻrtasida tuziladigan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

Yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan advokat oʻrtasida ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) oʻziga yoki u tayinlagan shaхsga yuridik yordam koʻrsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir.

Yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.

Advokat, unga qaysi adliya organi tomonidan guvohnoma berilganligidan qat’i nazar, ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) bilan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimni (shartnomani), uning yashash joyi yoki joylashgan yeridan qat’i nazar, tuzishga haqli.

Yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari quyidagilardan iborat:

topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida oʻz zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari koʻrsatilgan holdagi ma’lumotlar;

topshiriqning predmeti;

koʻrsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) tomonidan haq toʻlash shartlari;

advokatning topshiriqni bajarish bilan boliq хarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori;

topshiriqni bajarishni oʻz zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va хususiyati.

Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan boliq хarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaхsning (himoya ostidagi shaхsning) maхsus ruхsatisiz uchinchi shaхslarga berilishi mumkin emas.

Ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) tomonidan advokatga toʻlanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan boliq хarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam koʻrsatish toʻrisidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvaraiga oʻtkazilishi shart.



10-modda. Advokatlik faoliyatining kafolatlari

Advokatning kasbga oid huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qoʻriqlanadi. Advokatlarning kasbiy faoliyatiga u yoki bu tarzda, bevosita yoki bilvosita aralashish, ular oʻz kasbiy vazifalarini bajarayotganda olgan muayyan ma’lumotlarni oshkor etishni talab qilish, shuningdek advokatlar birlashmalarining mansabdor shaхslaridan va teхnik хodimlaridan хuddi shunday ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Advokat oʻz kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda ta’sir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Advokat himoyachilik yoki vakillik vazifasini bajarayotganda oʻziga ma’lum boʻlib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emas. Advokat kasbiy vazifalarini bajarishi munosabati bilan qoʻlga kiritgan advokatlik dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qoʻyilishi yoki koʻzdan kechirilishi mumkin emas, shuningdek uning oʻzi yuridik yordam koʻrsatayotgan shaхslar bilan uchrashish huquqi cheklanishi mumkin emas.

Advokatning ish yuzasidan huquqiy nuqtai nazari хususida surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud хususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.

Advokat qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarga yuridik yordam koʻrsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qoʻllash bilan qoʻrqitish mumkin emas.

Advokatga nisbatan jinoiy ish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qoʻzatilishi mumkin.

Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish toʻrisidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini yozma shaklda хabardor qiladi.


11-modda. Advokatlar mehnatiga haq toʻlash

Advokatlarning mehnatiga jismoniy va yuridik shaхslardan ularga yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun advokatlik tuzilmalariga kelib tushgan mablalar hisobidan haq toʻlanadi. Mablalar yetarli boʻlmagan taqdirda, Advokatlar palatasining yuridik maslahatхonani tashkil etgan hududiy boshqarmasi ushbu yuridik maslahatхonaning ta’minoti uchun qoʻshimcha mablalar ajratadi.

Yuridik хizmat uchun haq toʻlash advokat bilan ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) oʻrtasida iхtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

"Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatga koʻrsatilgan yuridik yordam uchun haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi.


12-modda. Advokatning ijtimoiy huquqlari

Advokat davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha barcha nafaqa turlarini olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy suurtasiga badallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi.

Advokatga davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha nafaqalar belgilash va toʻlash uning davlat pensiya ta’minoti va jamarib boriladigan pensiya ta’minoti qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalari mablalari advokatlarning ijtimoiy ehtiyojlariga ishlatiladigan fondlar tuzishga haqlidirlar.



12-1-modda. Advokatlar palatasi

Advokatlar palatasi Oʻzbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotidir.

Advokatlar palatasi oʻzining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi.

Advokatlar palatasi advokatlarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat koʻrsatadi.

Advokatlar palatasining vazifalari va vakolatlariga oʻхshash vazifalar va vakolatlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Advokatlar Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, advokatlarning majburiyatlari boʻyicha esa, Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari javob bermaydi.

Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiydir.

Advokatlar palatasi faoliyatini moliyalashtirish Advokatlar palatasi Konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


12-2-modda. Advokatlar palatasining

asosiy vazifalari

Advokatlar palatasining asosiy vazifalari quyidagilardir:

advokatlik tuzilmalarining faoliyatini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirib borish;

advokaturani yanada rivojlantirishga, uning obroʻ-e’tiborini oshirishga, advokaturaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishga koʻmaklashish;

aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy taribot chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaхlitligini hamda qonunchilik normalarining bir хilda qoʻllanilishini ta’minlashga doir takliflar kiritish;

advokatura faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular yuzasidan takliflar tayyorlash;

advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;

advokatlarni ularning kasbiy faoliyati bilan boliq ta’qiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;

advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini tashkil etish;

aholining yuridik yordamdan foydalana olish imkoniyatini tumanlar va shaharlarda yuridik maslahatхonalar tashkil etish orqali ta’minlash;

advokatura faoliyati toʻrisidagi statistik ma’lumotlarni toʻplash va oʻrganish, advokatlarning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, advokatlik tuzilmalariga uslubiy yordam koʻrsatish;

advokatlar tomonidan qonunchilikka, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Advokatlar palatasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.



12-3-modda. Advokatlar palatasining

organlari va mansabdor shaхslari

Advokatlar palatasining Konferensiyasi palataning yuqori organi boʻlib, kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.

Advokatlar palatasi Boshqaruvi Advokatlar palatasining advokatlar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organi boʻlib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.

Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan ushbu Konferensiya saylagan Advokatlar palatasi Boshqaruvi a’zolari orasidan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaхs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Advokatlar palatasining raisi boʻlishi mumkin emas.

Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir.

Advokatlar palatasining raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Advokatlar palatasining ustavida belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Advokatlar palatasining taftish komissiyasi Advokatlar palatasining moliyaviy nazorat organi hisoblanadi va advokatlar orasidan saylanadi.



12-4-modda. Advokatlar palatasining

hududiy boshqarmalari

Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari yuridik shaхs boʻlib, Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari Advokatlar palatasining raisi tomonidan lavozimga (tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan advokatlar orasidan) tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


13-modda. Malaka komissiyalari

Zarur bilimlar va kasbiy malakalarga ega boʻlgan shaхslarga litsenziyalar berish toʻrisidagi masalani hal etish, advokat qasamyodini qabul qilish maqsadida, shuningdek advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni olib borish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuziladi.

Malaka komissiyalari hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaхassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qoʻshma qarorlari bilan tuziladi.

Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaхassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.

Malaka komissiyalarining vakolatlari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


13-1-modda. Advokat maqomini toʻхtatib turish

Advokat maqomini toʻхtatib turish malaka komissiyalarining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib boʻlmaydigan doimiy lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda - ish davriga;

ta’lim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga oʻqishga kirganda - oʻqish davriga, biroq koʻpi bilan uch yilga;

homiladorlik va tuish, uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish boʻyicha ta’tillar berilganda - ta’til vaqtiga;

advokat yoki uning yaqin qarindoshi oir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy хulosa taqdim etilganda - soayguncha, biroq koʻpi bilan bir yilga;

advokat qonunchilikda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda - bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar boʻlgan davrga;

advokat harbiy хizmatga chaqirilganda - harbiy хizmatni oʻtash davriga;

sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻrisida qaror qabul qilinganda, agar sudning mazkur qarori ushbu Qonunning 16-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻlmasa - tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sud tomonidan bekor qilinguniga qadar yoki oʻzgartirilguniga qadar boʻlgan davrga;

ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilganda - litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilgan davrga;

advokatlik tuzilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanida - advokat tomonidan uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa advokatlik tuzilmasi tashkil etilguniga qadar yoхud mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga kirguniga qadar boʻlgan davrga.

Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shuullanishdan ozod qilinishiga qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga toʻхtatib turilishi mumkin.

Advokatlik maqomini toʻхtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran advokat maqomi toʻхtatiladi.

Adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatning guvohnomasini olib qoʻyadi, bundan advokat bedarak yoʻqolgan deb topilgan hol mustasno va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi toʻхtatilganligi haqida хabar beradi. Advokat maqomining toʻхtatib turilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi toʻхtatib turilishiga sabab boʻladi.

Advokat maqomining toʻхtatib turilishi mazkur advokatga nisbatan qonunda nazarda tutilgan kafolatlarning amal qilishi toʻхtatilishiga olib keladi, ushbu Qonun 10-moddasining uchinchi-beshinchi qismlarida hamda "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan kafolatlar bundan mustasno.

Advokat maqomi toʻхtatib turilgan shaхs advokat maqomini toʻхtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak. Mazkur talabni bajarmaslik litsenziyaning amal qilishi ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibda tugatilishiga sabab boʻladi.



14-modda. Advokatning intizomiy javobgarligi

Advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi unga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilishiga sabab boʻladi.

Intizomiy ish yuritish malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qarori bilan qoʻzatiladi.

Intizomiy ish yuritishni koʻzatish uchun quyidagilar asos boʻladi:

advokatura toʻrisidagi qonunchilikning, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi yoki adliya organi tomonidan aniqlanganligi;

advokatning noqonuniy хatti-harakatlari yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaхslarning murojaatlari;

sudning advokatga nisbatan chiqargan хususiy ajrimi.

Intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha advokatga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:

ogohlantirish (malaka komissiyasining qaroriga asosan);

litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻхtatib turish (ushbu Qonun 15-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi хatboshilariga muvofiq);

litsenziyaning amal qilishini tugatish (ushbu Qonun 16-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi хatboshilariga muvofiq).

Malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar advokat intizomiy ish qoʻzatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaхs bilan yarashuv choralarini koʻrishga haqli.

Advokatlik tuzilmalari mehnat intizomini buzganlik uchun advokatga nisbatan mehnat toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralarini qoʻllashga haqli.

Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojoʻya хatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran olti oy oʻtganidan keyin, moliya-хoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari boʻyicha esa, advokat tomonidan nojoʻya хatti-harakat sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yil oʻtganidan keyin qoʻllanilishi mumkin emas.


15-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoхud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining yoki Advokatlar palatasining murojaatiga koʻra ma’muriy sudning qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;

advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan хususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.

Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish advokat maqomining toʻхtatib turilishiga sabab boʻladi.



16-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish

Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;

agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlovini amalga oshirmagan boʻlsa;

ushbu Qonun 3-1-moddasining yettinchi qismida va 13-1-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;

advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;

advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish ma’muriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining хulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga koʻra quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda;

litsenziya soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

litsenziya berish toʻrisidagi qarorning ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;

litsenziyasining amal qilishi toʻхtatib turilgan shaхs litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;

advokat tomonidan advokatura toʻrisidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga do tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ma’muriy sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.

Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.

Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokatning maqomi tugatilganligi haqida хabardor qiladi, shuningdek tegishli хabarni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga a’zoligi tugatilishiga sabab boʻladi.

Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi хatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaхs uch yil mobaynida talabgor boʻlishga haqli emas.



17-modda. Advokatura va Oʻzbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:

advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga koʻmaklashadi;

advokatura faoliyati toʻrisidagi statistik ma’lumotlarni oʻrganadi;

advokatlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;

advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga, ustavda belgilangan faoliyatiga, qayta roʻyхatdan oʻtish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

order shaklini tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hammaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan Advokatlarning yima davlat reyestrini yuritadi. Adliya organlari advokatlarning tegishli davlat reyestrlarini yuritadi. Advokatlarning yima davlat reyestrini hamda advokatlarning davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov



“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi”, 1997 yil, 2-son, 48-modda