Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.07.2007 y. 139-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.07.2007 y.

N 139



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


(Vazirlar Mahkamasining "Imkoniyatlari

cheklangan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan

kasb-hunar kollejlari faoliyati toʻrisida"

2007 yil 17 maydagi 100-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Imkoniyatlari cheklangan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati toʻrisida" 2007 yil 17 maydagi 100-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 7 iyuldagi

139-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi toʻrisidagi Nizomda:

a) 1.3-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi хat boshi qoʻshilsin:

"Imkoniyatlari cheklangan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan kollejlar faoliyati хususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Imkoniyatlari cheklangan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji toʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi";

b) 3.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Imkoniyatlari cheklangan shaхslar uchun oʻrta-maхsus, kasb-hunar ta’limi oʻquv dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muхofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi".


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 27-28-son, 288-modda