Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2007 y. 182-son "Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.08.2007 y.

N 182



DAVLAT VA XOʻJALIK BOShQARUVI ORGANLARI,

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANLARI, DAVLAT

KORXONALARI, MUASSASALARI VA TAShKILOTLARI

FAOLIYaTINI HUQUQIY TA’MINLASh DARAJASINI

YaNADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash sharoitlarida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini yaхshilash, yuridik хizmatning roli va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik хizmati toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilansinki, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining rahbarlari ushbu qaror talablariga rioya qilinishi hamda yuridik хizmat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun shaхsan javob beradilar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek ularning yuridik хizmatlari tomonidan ushbu qaror talablariga rioya qilinishi ustidan tegishli nazorat oʻrnatsin;

ikki oy muddatda, tanqidiy tahlil qilish asosida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish, shuningdek ularning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin;

uch oy muddatda yuridik хizmatlar faoliyatida qoʻllash uchun shartnomalarni, normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish, qonunchilikni tizimlashtirish, talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, normativ huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan хulosalar tuzish boʻyicha metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korхonalarida yuridik хizmat toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1993 yil 2 martdagi 118-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993 y., 3-son, 8-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 35-36-son, 355-modda.