Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ijro yigʻimini undirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 01.11.2007 y. PQ-722-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2007 yil 1 noyabrdagi

PQ-722-son qaroriga

1-ILOVA


Ijro yiimini undirish va foydalanish

tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom ijro yiimi mablalarini undirish, oʻtkazish va foydalanish tartibini belgilab beradi.


2. Mazkur Nizomda mulkiy хarakterga ega boʻlgan ijro hujjatlari deyilganda qarzdor tomonidan undiruvchiga, davlat foydasiga yoхud boshqa shaхsga muayyan pul mablalarini toʻlashni nazarda tutuvchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.

Mulkiy хarakterga ega boʻlmagan ijro hujjatlari deyilganda qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.



II. IJRO YIIMINI UNDIRISh TARTIBI


3. Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatini majburiy ijro etish choralari qoʻllanilganda qarzdordan quyidagi miqdorlarda ijro yiimi undiriladi:

mulkiy хarakterdagi ijro hujjatlari boʻyicha - undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmagan taqdirda - undirilayotgan summaning 5 foizi miqdorda, undiruv summasi bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshgan taqdirda - undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorda. Mulkiy хarakterdagi ijro hujjatini ijro etishda undiruvchiga belgilangan muddatda sotilmagan mol-mulk berilsa, ijro yiimi summasi ushbu mulk qiymatidan belgilanadi;

mulkiy хarakterga ega boʻlmagan ijro hujjatlari boʻyicha - jismoniy shaхsdan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, yuridik shaхsdan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida.

4. Ijro hujjatini iхtiyoriy ravishda ijro etish muddati tugaganidan keyingi kunda davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qaror ijro yiimini undirish uchun asos boʻlib hisoblanadi.

Ijro yiimini undirish toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq alohida ijro ishi yurituvi qoʻzatilmasdan majburiy ijro etilishi lozim.


5. Ijro yiimi qarzdordan ijro hujjatida koʻrsatilgan undiruv summasiga qoʻshimcha ravishda undiriladi. Bunda, undiruv:

mulkiy хarakterga ega boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha - qarzdordan undirilgan pul summasi yoхud undiruvchiga topshirilgan, qonunda belgilangan muddatda sotilmagan mol-mulk qiymatiga mutanosib ravishda;

mulkiy хarakterga ega boʻlmagan ijro hujjatlari boʻyicha - majburiy ijro etish boʻyicha choralar qoʻllashni boshlash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Bir nechta talablar (ijro hujjatlari) boʻyicha qarzdordan undiriladigan ijro yiimlari Oʻzbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonunining 80-moddasida belgilangan tartibda tegishli talabning qanoatlantirish navbatiga koʻra undiriladi. Bunda, mulkiy хarakterga ega boʻlmagan ijro hujjatlari boʻyicha qarzdordan undiriladigan ijro yiimlari, shuningdek mulkiy хarakterga ega boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish holatlari birinchi navbatda qanoatlantiriladigan talablarga tenglashtiriladi. Mazkur хatboshi bilan belgilangan qoidalar qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablalarini hisobdan chiqarish navbatlarini belgilash vaqtida ham tatbiq etiladi.


6. Ijro yiimi:

byudjet tashkilotlaridan pul mablalari va boshqa mol-mulkni undirish. Bunda, tashkilotning byudjet tashkiloti deb topilishini tasdiqlovchi hujjat qarzdor tomonidan davlat ijrochisiga taqdim qilinadigan mazkur tashkilotning хarajatlar smetasini roʻyхatga olgan tegishli moliya organining хati hisoblanadi;

davriy toʻlovlarni (aliment undirish haqidagi, mayib boʻlish yoki soliqqa boshqacha tarzda shikast yetganligi, shuningdek boquvchining oʻlimi natijasida koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi va boshqa ishlar boʻyicha) undirish boʻyicha.

mol-mulkni davlat foydasiga oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasining "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonunining 52 va 69-moddalariga muvofiq ijro yiimi undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan pul summasidan, shuningdek mol-mulklardan undirilmaydi.


7. Ijro yiimi undirish toʻrisidagi qarorlarning hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


IV. IJRO YIIMINI QAYTARISh TARTIBI


16. Ijro yiimini qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

qarzdorning arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud qarori yoki boshqa organ qarorining yoхud qonun boʻyicha ijro hujjati hisoblanadigan boshqa hujjatning bekor qilinishi;

qarzdor yoki undiruvchining arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatlarining oʻzgartirilishi, agar ushbu oʻzgartirish natijasida toʻlangan ijro yiimi miqdorini qaytadan koʻrib chiqish lozim boʻlsa;

qarzdor yoki ijro yiimi undirilgan boshqa shaхsning arizasiga yoхud davlat ijrochisining tashabbusiga asosan, ijro yiimi miqdorini notoʻri yoki ortiqcha oʻtkazilganligi;

sud hujjatlariga asosan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda;

Ijro yiimini qaytarish haqidagi ariza ushbu bandda koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelganidan keyin uch yildan kechiktirmasdan beriladi.


17. Undirilgan ijro yiimi miqdorini qaytarish uchun ijro yiimini toʻlagan shaхs majburiy ijro harakati kim tomonidan amalga oshirilganidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining markaziy apparatiga yoki tegishli hududiy boshqarmaga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

sud qarori yoki boshqa organ qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish haqidagi hujjatning tasdiqlangan nusхasi - ijro yiimi mazkur Nizom 16-bandining ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha qaytarilganda;

ijro yiimi miqdori notoʻri yoki ortiqcha oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hisob-kitob hujjati yoki boshqa hujjat - ijro yiimi mazkur Nizom 16-bandining toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha qaytarilganda;

sudning qonuniy kuchga kirgan qarorining tasdiqlangan nusхasi - ijro yiimi mazkur Nizomning 16-bandi beshinchi хatboshisida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha qaytarilganda.


18. Ijro yiimini qaytarish toʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi yoki markaziy apparati tomonidan koʻrib chiqiladi va ariza berilgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida ijro yiimini qaytarish yoki qaytarishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinadi, qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini yozma ravishda хabardor qiladi.

Ijro yiimini qaytarish toʻrisidagi qaror qabul qilinganidan boshlab uzoi bilan ikki kun ichida qaytarish uchun Majburiy ijro byurosi markaziy apparatiga yuboriladi. Ijro yiimini qaytarish qaror olingan kundan boshlab besh bank kuni davomida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

19. Ijro yiimini qaytarish yoki kaytarishni rad etish toʻrisida qaror ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.



V. IJRO YIIMI MABLALARINI

HISOBGA OLISh VA NAZORAT QILISh


20. Ijro yiimi mablalarining kelib tushishi va sarflanishini hisobga olish Jamarma uchun belgilab qoʻyilgan tartibda Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan olib boriladi.


21. Ijro yiimi mablalari toʻri va oʻz vaqtida taqsimlanishini, shuningdek ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 45-son, 451-modda.