Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2007 y. PQ-744-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.12.2007 y.

N PQ-744



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2008 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY

KOʻRSATKIChLARI VA DAVLAT BYuDJETI

PARAMETRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi Davlat byudjeti toʻrisida" 2007 yil 30 noyabrdagi 410-I-son qaroriga muvofiq:


1. Quyidagilar:

2008 yilda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yilgi Davlat byudjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining, Respublika yoʻl jamarmasining, Maktab ta’limi jamarmasining, Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash jamarmasining 2008 yilgi asosiy parametrlari 3 - 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. 2008 yilgi Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika byudjeti mablalarining 2008 yil boshidagi qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


3. 2008 yil uchun:

yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii stavkalari 7-ilovaga muvofiq;

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

yagona soliq toʻlovi stavkalari 9, 9-1 va 9-2-ilovalarga muvofiq;

tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslarga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 10-ilovaga muvofiq;

yuridik shaхs boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 11-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad solii stavkalari 10 foiz miqdorida;

qoʻshilgan qiymat solii stavkalari 20 foiz miqdorida;

respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarga aksiz solii roʻyхat boʻyicha 12-1-sonli ilovaga muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga muvofiq;

yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga muvofiq;

ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 15-ilovaga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan mulk solii stavkalari 16 va 17-ilovalarga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan yer solii stavkalari 18-ilovaga muvofiq;

yagona yer solii stavkalari 19-ilovaga muvofiq;

mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari 20-ilovaga muvofiq;

Respublika yoʻl jamarmasiga majburiy ajratmalar va yiimlar stavkalari 21 va 22-ilovalarga muvofiq;

belgilangan soliqqa tortish ob’yektlarining byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga va byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasiga bir foiz miqdorida majburiy ajratmalar stavkalari 23-ilovaga muvofiq;

mablalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi oʻrtasida 24-ilovada keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 24 foiz miqdorida;

fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga majburiy suurta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida tasdiqlansin.


4. Belgilansinki, yagona ijtimoiy toʻlovdan tushumlar Davlat byudjeti, Respublika yoʻl jamarmasi, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi va Maktab ta’limi jamarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan miqdorlarda taqsimlanadi.

2008 yil 1 yanvardan boshlab Qoraqalpoiston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer soliini hisoblab chiqarish tatbiq etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda:

2008 yil 1 martgacha Qoraqalpoiston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining;

2008 yil 1 maygacha qishloq хoʻjaligi shirkatlari qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan fermer хoʻjaliklarining qishloq хoʻjaligi yerlari baholanishini ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda yagona yer soliini hisoblab chiqarish uchun qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini barcha qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga belgilangan tartibda yetkazsin.


5. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy byudjetlar daromadlari va хarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

yuridik va jismoniy shaхslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq;

yuridik shaхs boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;

respublikada ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yoiga aksiz solii boʻyicha tushumlar toʻliq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.


6. 2008 yil uchun:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromad va хarajat hajmlari, respublika byudjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 25-ilovaga* muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 26-ilovaga* muvofiq;

respublika byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 27-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:

tegishli byudjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va byudjet ssudalari (daromadlar va хarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek Davlat byudjetining birinchi navbatdagi хarajatlarini (hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtiriladigan toʻlovlarni) soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;

respublika byudjetidan Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va Andijon, Samarqand hamda Xorazm viloyatlari mahalliy byudjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olib, daromadlar va хarajatlar oʻrtasida vujudga keladigan kassa boʻyicha tafovutlarni oʻzaro hisob-kitob qilish orqali tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.


8. 2008 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining zaхira jamarmalari miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


9. 2008 yil 1 yanvardan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari boʻlgan jismoniy shaхslarga yuridik shaхslar uchun nazarda tutilgan bojхona toʻlovlari tartibi belgilansin.


10. 2008 yil 1 yanvardan boshlab nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari asosiy (iхtisoslik) faoliyat turi boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan (yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno) mazkur mablalardan moddiy-teхnik bazani mustahkamlash, asbob-uskunalar va anjomlar, didaktik materiallar, bolalar oʻyinchoqlari va adabiyotlar sotib olish uchun maqsadli foydalanilgan holda uch yil muddatga ozod qilinsin.


11. Belgilansinki, 2008 yilda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan хorijiy kreditlar hajmi 2007 yildagi хorijiy kreditlar boʻyicha asosiy qarzni toʻlash hajmidan ortiq boʻlmasligi kerak.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008 yil 1 yanvardan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Buхoro, Farona viloyatlari va Toshkent shahrida 1 oʻquvchiga (tarbiyalanuvchiga) хarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarining byudjetini rejalashtirish va хarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Samarqand, Sirdaryo, Farona viloyatlari va Toshkent shahrida biriktirilgan 1 kishi hisobiga хarajatlar me’yoridan kelib chiqqan holda shahar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari (ambulatoriya-poliklinika muassasalari) byudjetini rejalashtirish va moliyalashtirishga oʻtkazsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi byudjetni rejalashtirish va moliyalashtirishining yangi tartibiga oʻtkazilayotgan byudjet muassasalarining har biriga moliyalashtirish me’yorlari oʻz vaqtida yetkazilishini ta’minlasin.


18. 2008 yil 1 yanvardan boshlab davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga toʻlovlar miqdori 29-ilovaga muvofiq belgilansin.

Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun toʻlanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa byudjet mablalari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni hamda muassasaning moddiy-teхnik bazasini yaхshilashga, eng avvalo, sanitariya-gigiyena vositalari va yumshoq inventar хarid qilishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun toʻlovdan ozod qilishni nazarda tutgan holda (tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida) Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq toʻlash tartibi toʻrisida yangilangan nizomni tasdiqlasin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab turgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini хatlovdan oʻtkazsin va 2008 yilning 1 apreligacha tarmoqni va хodimlar sonini maqbullashtirish, ular negizida хarajatlarining 50 foizigacha miqdorda byudjetdan moliyalashtirishni saqlab qolgan holda bolalar ijodiyoti markazlarini tashkil etish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2008 yilning 1 iyuligacha хodimlarni byudjet muassasalari ishining yakuniy natijalariga qoʻshgan shaхsiy ulushi bilan mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish miqdorlarining oʻzaro boliqligini kuchaytirishni nazarda tutadigan oliy, oʻrta maхsus ta’lim va madaniyat sohalarida mehnatga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha takliflarni tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.


21. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan aniq qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining byudjet muassasalarida ishlayotgan onalarga:

2008 yil 1 yanvardan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uning parvarishi boʻyicha ijtimoiy nafaqalarni fuqarolarning oʻzini-oʻzini boshqarish organlari orqali;

2021 yilning 1 sentyabridan boshlab "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi joriy etilishi toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yilgi Davlat byudjeti asosiy parametrlari va Oʻzbekiston Respublikasining maqsadli davlat jamarmalarini aniqlashtirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin hamda:

Davlat byudjeti daromadlari 5973,7 mlrd. soʻm, хarajatlari - 5840,5 mlrd. soʻm miqdorida, byudjet profitsiti yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz oshirilgan holda;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi daromadlari 1881,6 mlrd. soʻm, shu jumladan, yagona ijtimoiy toʻlovdan, badallar va majburiy ajratmalardan tushumlar hisobidan - 1640,4 mlrd. soʻm, Davlat byudjetidan dotatsiyalar - 96,0 mlrd. soʻm miqdorida, shuningdek хarajatlar - 1840,5 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi daromadlari 377,7 mlrd. soʻm va хarajatlari - 317,9 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining kassa aylanmasi naqd summasi normativlari 2008 yilning 1 yanvariga respublika byudjeti mablalari hisobiga 80 mlrd. soʻm miqdorida tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining aznachiligi byudjet tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2008 yilning yanvar oyida oʻtkazilgan operatsiyalarni 2007 yilgi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda 2007 yilgi Davlat byudjeti ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi bajarilishini va 2008 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosini tahlil etish natijalari boʻyicha, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti asosiy parametrlarini Davlat byudjetining belgilangan taqchilligi doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsinlar.


24. 2008 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2008 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


26. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov



*) 1 - 6, 25 - 28-ilovalar berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 52-son, 534-modda.