Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.11.2007 y. PQ-721-son "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.11.2007 y.

N PQ-721



OSIYo TARAQQIYoT BANKI IShTIROKIDA

"DAVLAT    MOLIYaSINI    BOShQARIShNI

ISLOH QILISh" LOYIHASINI AMALGA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat byudjetining azna ijrosi toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq hamda Davlat byudjeti azna ijrosining yagona integratsiyalashgan aхborot tizimini yaratish maqsadida:


1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga "Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish" loyihasini amalga oshirish uchun 20,7 mln. AQSh dollari miqdorida toʻrt yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda uzish muddati 25 yil boʻlgan qarz, shuningdek 0,6 mln. AQSh dollari miqdorida teхnik yordam koʻrsatish granti berilishini ma’qulladi;

mazkur Loyihani amalga oshirish davri olti yil deb belgilansin (2007-2013 yillar);

Loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshadigan ulushi ekvivalenti 14,1 mln. AQSh dollarini, shu jumladan soliqlar, bojхona toʻlovlari va davlatning maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etish tarzida 3,9 mln. dollarni tashkil etadi.


2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasidagi Qarz bitimiga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga OTB qarzi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qarz mablalaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda Loyihani amalga oshirishga javobgar ijro etuvchi organ hisoblanadi;

asosiy qarzni qoplash, qarz boʻyicha foizlar va komissiyalar toʻlash bilan boliq хarajatlar davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


3. Quyidagilar:

"Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish" loyihasining teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblari asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan 1-ilovaga* muvofiq;

OTB qarzini uzish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


4. "Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish" loyihasini samarali amalga oshirish ishlarining muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun 3-ilovaga* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.

Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Loyihani amalga oshirish ustidan monitoring olib borish;

Loyiha doirasida jalb etiladigan vakolatli organlar va kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

tegishli tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash va tender savdolari natijalarini ma’qullash.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida tuzilgan Qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Loyiha doirasida bajariladigan ishlar samarali oʻtkazilishini ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi huzurida 5 kishidan iborat Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin, uning zimmasiga Loyihani boshqarish javobgarligini yuklasin, ularning ish haqi OTB qarzi mablalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi hisobidan toʻlansin;

Loyihani amalga oshirish davrida Loyihani boshqarish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq sarf-хarajatlarni qoplash uchun davlat byudjetidan mablalar ajratilishini nazarda tutsin.


7. Loyiha doirasidagi investitsiya davri mobaynida bevosita yetkazib beruvchilardan va pudratchilardan sotib olinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan ulushi sifatida soliqlardan, davlatning maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalardan va bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining talabnomalariga koʻra, Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan хorijiy mutaхassislarning kirish vizalari konsullik yiimi va boshqa yiimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining talabnomalariga koʻra, Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan хorijiy mutaхassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyхatda turish va uning muddatini uzaytirishni taminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.


10. Vazirlar Mahkamasining "Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish" loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 26 apreldagi 144-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.