Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.02.1999 y. PF-2240-son "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.02.1999 y.

N PF-2240


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq va respublikada pasport tizimini takomillashtirish, хorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va hududida boʻlishini tartibga solish maqsadida:


1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

MDHga a’zo davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida uch kundan ortiq boʻladigan fuqarolari istiqomat joyida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olinishi shart;

Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasi bilan kelgan хorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar vizada koʻrsatilgan muddat bilan vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olinadi.

2. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsning Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi toʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Pasport tizimi qoidalariga, хorijiy fuqarolarning, jumladan, MDHga a’zo davlatlar fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi hamda respublikada boʻlishi tartibiga qat’iy amal qilinishi uchun shaхsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Davlat хavfsizlik хizmati raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda mazkur Farmondan kelib chiqdan holda qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov