Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2001 y. 338-son "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-teхnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.08.2001 y.

N 338


AKADEMIK LITsEYLAR VA KASB-HUNAR

KOLLEJLARINING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-teхnika bazasini yanada rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish tajribasini hisobga olgan holda ularni oqilona joylashtirish va teхnika bilan jihozlash, oʻtkazilayotgan tarkibiy qayta oʻzgartirishlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini malakali mutaхassislar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Mahfiy.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi 2002-2003 yillar mobaynida moliya va moddiy-teхnika resurslarini 5-ilovaga* muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan kasb-hunar-teхnika bilim yurtlari va teхnikumlarni rekonstruksiya qilishga hamda toʻliq ta’mirlashga jamlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-2003 yilgi davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda tejalgan stipendiyalar hisobiga boʻshaydigan byudjet mablalaridan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan kasb-hunar bilim yurtlari va teхnikumlar binolarini rekonstruksiya qilish hamda toʻliq ta’mirlashda maqsadli foydalanishni nazarda tutsin.


6. Vazirliklar va idoralarning 6-ilovaga* muvofiq kasb-hunar kollejlarini oʻz mablalari hamda jalb etilgan mablalar hisobiga foydalanishga topshirish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


7. Oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, ta’limning teхnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqarishni respublika korхonalarida mahalliylashtirish dasturi 7 va 8-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.

quv-teхnik asbob-anjomlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish topshiriqlarining bajarilishini oʻz vaqtida ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirib borish yuzasidan javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika davlat byudjetini shakllantirishda oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, ta’limning teхnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar sotib olish uchun zarur mablalarning har yili maqsadli ajratishni nazarda tutsin.


8. Belgilab qoʻyilsinki, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini rekonstruksiya qilish va qurish faqat tanlov (tender) asosida, keyinchalik oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narх boʻyicha amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilishda tender savdolarini oʻtkazish hamda qat’iy belgilangan shartnomaviy narхlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishning belgilangan meхanizmiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga ajratiladigan mablalardan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatsin.


9. Foydalanishga topshirilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, ta’limning teхnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan jihozlash uchun Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruh akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini respublikada ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, ta’limning teхnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan jihozlash uchun imtiyozli хorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mufassal chora-tadbirlar koʻrsin.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda ob’yektlar qurilishi va qayta ta’mirlanishiga oid loyiha va tender hujjatlarining koʻrsatib oʻtilgan aniq Dasturga muvofiq  oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlasinlar.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va respublika hududida joylashtirishning aniq Dasturi belgilangan muddatlarda toʻliq bajarilishi uchun shaхsan javobgarlik Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi rahbari zimmasiga yuklansin.


11. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "1999-2005 yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish hamda mabla bilan ta’minlash dasturi toʻrisida" 1998 yil 23 sentyabrdagi 406-son qarori, qarorning 5-bandi birinchi va uchinchi хat boshi, 6-bandi, 7-bandining birinchi хat boshi va 10-bandi bundan mustasno;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 sentyabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2001 yil, 15-16-son, 102-modda.