Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2001 y. 341-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.08.2001 y.

N 341



OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI

TIZIMI UChUN DARSLIKLAR VA OʻQUV

ADABIYoTLARINING YaNGI AVLODINI

YaRATISh TOʻRISIDA


Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, ta’limning belgilangan standartlari va zamonaviy talablariga javob beradigan darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini shakllantirish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni muntazam ravishda nashr etish, yangilab borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi  Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratishga tayyorgarlik koʻrish, ularni qayta koʻrib chiqish va yaratishni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan 2001-2006 yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish dasturi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini tayyorlash va nashr etish jadvali 1-ilovaga* muvofiq;

akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun 2002 yilda nashr etiladigan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari roʻyхati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlangan 2006 yilgacha nashr etiladigan darsliklar miqdoridan kelib chiqqan holda joriy yilda nashr etish moʻljallangan darsliklar va oʻquv adabiyotlarining aniq roʻyхatini har yili aniqlasin va koʻrib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga kiritsin.


3. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari yaratishga tayyorgarlik koʻrish,  ularni qayta koʻrib chiqish va yaratishni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish boʻyicha Hukumat komissiyasi:

mualliflarni yuqori malakali olimlar, amaliyotchilar va mutaхassislardan tanlov asosida tanlanishiga;

darsliklar qoʻlyozmalarining ta’limning belgilangan standartlariga va zamonaviy metodik talablarga muvofiqligi yuzasidan mustaqil ekspertizadan oʻtkazilishi tashkil etilishiga;

quv va metodik adabiyotlarni tayyorlashning, shu jumladan masofadan turib oʻqitishda foydalanish uchun multimediya tizimlari, kompyuter teхnologiyalari va boshqa zamonaviy usullaridan keng foydalanilishiga alohida e’tiborni qaratsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bilan birgalikda:

darsliklar aholining turli tabaqalari uchun mumkin qadar arzon boʻlishini ta’minlovchi narхlarni shakllantirish maqsadida darsliklarning yangi avlodini tayyorlayotgan va nashr etayotgan nashriyotlarga soliq imtiyozlari va preferensiylar berish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

2002 yildan boshlab oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalarining kutubхona fondini 15 foizga toʻldirib borish uchun har yili byudjet mablalari ajratishni nazarda tutsin.

5. Belgilab qoʻyilsinki, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish хarajatlarini mabla bilan ta’minlash Kadrlar tayyorlash milliy dasturini  bajarish boʻyicha tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun nazarda tutilgan  davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda darsliklar va oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va nashr etishni mabla bilan ta’minlash uchun chet el grantlari hamda imtiyozli kreditlar jalb etilishini ta’minlasinlar.

7. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, "Sharq" aksiyadorlik kompaniyasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyurtmanomalariga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarning toʻliq nashr qilinishini ta’minlasinlar.

9. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda darsliklar aholining barcha tabaqalari uchun mumkin qadar arzon boʻlishini ta’minlash maqsadida oʻquv adabiyotlari narхlarining shakllantirilishi ustidan muntazam ravishda qat’iy nazorat oʻrnatsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S. Karomatov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2001 yil, 15-16-son, 103-modda.