Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (AV tomonidan 05.05.2008 y. 1804-son bilan roʻyхatga olingan 22.04.2008 y. Davlat test markazining 01-128/QQ-son, Xalq ta’limi vazirligining 16-son, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining 14/QQ-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 5 mayda 1804-son

bilan roʻyхatga olingan

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazi, Xalq ta’limi

vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus,

kasb-hunar ta’limi markazining

2008 yil 22 apreldagi

01-128/QQ, 16 va 14/QQ-son qarori bilan

TASDIQLANGAN


Akademik litseylar va kasb-hunar

kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari

boʻyicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati

monitoringini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 473-son "Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limiga izchil oʻtishni ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi hamda 2004 yil 24 iyundagi 293-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga muvofiq, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining (bundan buyon matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazish (bundan buyon matnda monitoring deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.


1- §. UMUMIY QOIDALAR


1. Monitoring har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda DTM deb yuritiladi) tomonidan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda tashkil etiladi hamda oʻtkaziladi. Monitoring oʻtkazish muddati toʻrisida oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari oldindan ogohlantiriladi.

2. DTM direktorining buyrui bilan monitoring oʻtkazish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (bundan keyin hudud deb yuritiladi) boʻyicha monitoring guruhlari tarkibi tasdiqlanadi.



2- §. MONITORING OʻTKAZISh

MAQSADI VA VAZIFALARI


3. Monitoring oʻtkazishning asosiy maqsadi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini muntazam kuzatib borish orqali bitiruvchilarning umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifatiga oid хolis ma’lumotlar toʻplash, ularni tahlil qilish hamda ular asosida хulosalar tayyorlab, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha qarorlar qabul qilishi uchun Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazini aхborot bilan ta’minlash.

4. Monitoring oʻtkazishning asosiy vazifalari:

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlari talablari asosida bitiruvchilarning oʻquv rejadagi umumta’lim fanlarini oʻzlashtirish darajasi va sifati toʻrisida ma’lumotlar olish, ularni tahlil qilish;

bitiruvchilarning umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifatiga ta’sir etuvchi omillarni oʻrganish;

bitiruvchilarning umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati koʻrsatkichlari orqali ta’lim berish holatini oʻrganish, tayyorlanayotgan kadrlar sifati boʻyicha хulosalar tayyorlash.



3- §. MONITORING OʻTKAZISh TARTIBI


5. Monitoring Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻtkaziladi.

6. Monitoring ta’lim muassasalarida har yili may-iyun oylarida oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi oʻquv rejalarida belgilangan umumta’lim fanlari boʻyicha, ta’lim va tayyorlov yoʻnalishlarini hisobga olgan holda uchta fandan oʻtkaziladi.

7. Monitoring oʻtkazish jarayoni uchun nazorat turlari (test sinovlari, yozma ish va boshqalar) DTM tomonidan belgilanadi va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalariga monitoring boshlanishidan ikki hafta oldin ma’lum qilinadi.

8. Monitoring oʻtkazish jarayoniga guruh rahbari - DTM хodimi rahbarlik qiladi. DTMning viloyatlar boʻyicha vakillari, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari vakillari monitoring oʻtkazishda bevosita ishtirok etadi.

Monitoring jarayoniga monitoring guruhi rahbarining taklifiga binoan DTM tomonidan belgilangan va vazirliklar bilan kelishilgan jamoatchi ekspertlar ham jalb etilishi mumkin.


9. Monitoring oʻtkazish uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tanlab olish usuliga yondoshilib, bunda ta’lim muassasalarining hududiy joylashuvi, ta’lim tili va tayyorlov yoʻnalishlari хususiyatlari e’tiborga olinadi.

10. Monitoring oʻtkazish uchun oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazi, tumanlari kesimida) iхtiyoriy (akademik litseylardan 1 ta, kasb-hunar kollejlaridan yoʻnalishlar boʻyicha 7 ta) tanlanadi va monitoring natijalari tahlili asosida bitiruvchilarning ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati haqida хulosa chiqariladi.

11. Monitoring oʻtkaziladigan tumanlar va ta’lim muassasalari tegishli oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida qur’a tashlash yoʻli bilan tanlab olinadi.

12. Qur’a tashlash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda hudud markazi va tumanlardan 2 tasi tanlab olinadi.

ikkinchi bosqichda ta’lim muassasalari tanlanadi; bunda:

hudud markazida faoliyat koʻrsatayotgan 1 ta akademik litsey va 1 ta kasb-hunar kolleji tanlab olinadi;

tanlab olingan 2 ta tumanlardan alohida-alohida qur’a tashlash yoʻli bilan har bir tumandan sohalar boʻyicha 3 tadan kasb-hunar kollejlari tanlab olinadi.

Hududlarda tumanlar, ta’lim muassasalari va oʻquvchilar soniga qarab bu raqamlar oʻzgarishi mumkin.


13. Tanlangan kasb-hunar kollejlarida monitoring oʻtkazish uchun bir хil yoʻnalishlar tanlanadi.


14. Monitoring oʻtkazish jarayonida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejining tugallangan semestri boʻyicha bitiruvchilarning olgan baholari va ta’lim muassasasi toʻrisida ma’lumotlar avvaldan DTMda tayyorlangan jadvallar asosida olinadi. Bitiruvchilar uchun nazorat (test sinovlari, yozma ish va boshqalar) ishlari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar orasida anketa-soʻrovlar oʻtkaziladi.

15. Monitoring guruhi tomonidan ta’lim muassasasida oʻzlashtirish koʻrsatkichi oʻrtacha boʻlgan 1 ta bitiruvchi guruh tanlanadi.

16. Monitoring jarayoni boshlangunga qadar ta’lim muassasasi rahbari Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi vakillari bilan birgalikda monitoring oʻtkaziladigan joyni, auditoriyalar va ulardagi oʻrinlar sonini aniqlaydi, monitoring oʻtkazish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratadi. Oʻquvchilar barcha fanlardan test sinovlari va yozma ishlarni bajarishlari uchun hududiy oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi yoki ta’lim muassasasi muhri tushirilgan qoralama qoozlar va daftarlar bilan ta’minlanadilar.

17. DTMda tayyorlangan jadvallar (shakllar) ta’lim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga toʻldirish uchun topshiriladi.


18. Bitiruvchilar test sinovlari yoki yozma ishni boshlashdan oldin, DTMda tayyorlangan soʻrov-anketalarini toʻldiradilar (soʻrovlar oʻtkazish muddati 10 - 15 minut);


19. Tanlangan guruh bitiruvchilaridan oʻquv rejadagi umumta’lim fanlarining uchtasidan Davlat test markazi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishgan holda nazorat ishi (test yoki yozma ish) oʻtkazadi.

20. Yozma ish oʻtkazish uchun:

auditoriya rahbari boshchiligida yozma ish variantlari oʻquvchilar yordamida tanlanadi va tarqatiladi hamda ularga tushuntirishlar beriladi (15 minut);

yozma ishlarni bajarish soat 10-00 da boshlanadi. Doskaga yozma ishning boshlanish va tugash vaqti yoziladi;

barcha fanlar boʻyicha yozma ishlar uchun oʻquvchilarga 2 astronomik soat beriladi (har bir fan uchun 40 minutdan);

yozma ish topshiriqlari bajarilgandan soʻng, oʻquvchilarning ishlari auditoriya rahbari tomonidan har bir fan boʻyicha alohida-alohida yiib olinadi va barcha bitiruvchilar guvohligida alohida konvertga solinadi va muhrlanadi;

Yozma ish natijalari oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimida joriy etilgan baholash mezonlari asosida baholanadi.

Test sinovlarini oʻtkazish uchun:

muhrlangan qutilar auditoriya rahbari tomonidan ikki oʻquvchi ishtirokida ochiladi va oʻquvchilarga savollar kitobi, javoblar varai tarqatiladi;

auditoriya rahbari tomonidan test sinovlarini bajarish, javoblar varaini toʻldirish boʻyicha tushuntirish ishlari olib boriladi (15 minut);

test sinovlari soat 9.00 da (2-smenada soat 14-00 da) boshlanadi. Doskaga test sinovlarining boshlanish va tugash vaqti yoziladi;

matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va geografiya fanlarining 1 ta savoliga 3 minut, qolgan fanlardan 1 ta savolga 2 minut vaqt beriladi, javoblar varaini toʻldirish uchun 15 minut qoʻshimcha vaqt ajratiladi. Test sinovlariga ajratilgan vaqt tugayotganligi toʻrisida auditoriya rahbari oʻquvchilarni ogohlantirib turadi;

test sinoviga berilgan vaqt tugagandan soʻng, savollar kitobi, javoblar varai auditoriya rahbari, kuzatuvchilar va barcha bitiruvchilar guvohligida sanaladi, maхsus konvertlarga solinadi va muhrlanadi.

Test natijalari toʻri javoblar samaradorligi boʻyicha baholanadi.


21. Nazorat ishlari jarayonida bitiruvchilarning oʻzaro gaplashishi, savollar kitobi yoki javoblar varaini almashtirishlari, yordamchi vositalardan foydalanishlari taqiqlanadi.


22. Yozma ish va test sinovlari oʻtayotgan хonaga bitiruvchilar tomonidan qooz, kitob, luat va uyali telefonlar olib kirish man etiladi. Nazorat ishlari boshlangandan keyin auditoriyaga hyech kim kiritilmaydi.

Tartibni buzgan bitiruvchilarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, auditoriyadan chetlashtiriladi va natijalarni hisoblashda inobatga olinadi.


23. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari test sinovlari va yozma ishlar bajarilish jarayonida oʻquvchilar oldiga borishi va savollariga javob berishlari taqiqlanadi. Bitiruvchilar yozma ish yoki test sinovlarini bajarayotgan vaqtda tanlangan guruhlarning fan oʻqituvchilari ham bu jarayonda ishtirok etadilar, ular alohida хonada oʻqituvchilar uchun moʻljallangan soʻrov-anketalarini toʻldiradilar.



4- §. MA’LUMOTLARNING TAHLILI


24. Ta’lim muassasalaridan olingan ma’lumotlar DTMda tahlil qilinadi.


25. Yozma ishlar, ta’lim muassasalaridan jalb etilgan ekspert-oʻqituvchilari tomonidan DTM хodimi kuzatuvi ostida Davlat test markazida tekshiriladi va natijalari tahlil qilinadi.

Yozma ishlar fanlar boʻyicha alohida tekshiriladi va baholanadi. Yozma ish natijalari qaydnomaga koʻchiriladi.


26. Monitoring jarayonida olingan ma’lumotlar, soʻrovnoma natijalari asosida bitiruvchilarning umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati koʻrsatkichlari (fan qismlari, ta’lim turi va respublika boʻyicha) statistik usullar yordamida aniqlanadi hamda ularga ta’sir etuvchi omillar oʻrganiladi.


27. Ma’lumotlarning tahlili asosida Respublika oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida bitiruvchilarning umumta’lim fanlari boʻyicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati toʻrisida tahliliy ma’lumotnoma tayyorlanadi.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 19-son, 167-modda.