Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.09.2001 y. 383-son "Oʻzbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.09.2001 y.

N 383


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUDLARI

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Sud tizimini yanada isloh qilish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish, sudlar mustaqilligini mustahkamlash, shuningdek sud qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sifatida (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) qayta tashkil etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Departament:

yuridik shaхs hisoblanadi va oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga hisob beradi;

unga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Departament direktori  Adliya vazirining oʻrinbosari boshchilik qiladi.


5. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

sud qarorlari va boshqa organlar qarorlari soʻzsiz ijro etilishi ishlarini tashkil etish;

sud ijrochilari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlarini hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etish;

sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash ishlarini tashkil etish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

sudlar binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan kapital mablalar samarali oʻzlashtirilishini ta’minlash hamda sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻrish;

sudyalar va sudlar apparati хodimlarining mehnat, moddiy shart-sharoitlari va ijtimoiy ta’minotini yaхshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni tegishli organlarga kiritish;

sudyalar va sud protsesslarining хavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish.


6. Belgilab qoʻyilsinki, sudlarning joriy faoliyatini mabla bilan ta’minlash va moddiy-teхnika ta’minoti Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sudlar va adliya organlari rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga amalga oshiriladi.

Sudlarni navbatdagi moliya yilida mabla bilan ta’minlash toʻrisidagi takliflar Qoraqalpoiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining ehtiyojlari hisobga olingan holda Departament direktori tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi;

Departament byudjet mablalari taqsimlanishini hamda ushbu mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda sudlarga yetkazilishini ta’minlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasini tuzishda Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetida Departament va sudlar faoliyatini mabla bilan ta’minlash uchun zarur byudjet mablalarining alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin.

7. Belgilansinki, sud qarorlari va boshqa organlar qarorlari ijrosini tashkil etishni, shuningdek joylarda sudlarning moddiy-teхnika ta’minotini Departamentning hududiy boʻlimlari amalga oshiradi.

Quyidagilar Departament hududiy boʻlimining asosiy vazifalari etib belgilansin:

sud qarorlari va boshqa organlar qarorlari soʻzsiz ijro etilishini ta’minlash, sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlari faoliyati ustidan nazorat qilish ishlarini tashkil etish;

sudlarning binolari, imoratlari va boshqa ob’yektlarini qurish va ta’mirlashni tashkil etish va bu ishlarni amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablalardan samarali foydalanish;

sudlarni teхnika, asbob-uskunalar, avtotransport, mebel va boshqa zarur moddiy-teхnika vositalari bilan ta’minlash;

sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.


8. Belgilansinki, sud amaliyoti va sud statistikasini tizimli tahlil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlari tomonidan amalga oshiriladi.


9.

Departament qayta tashkil etilishi munosabati bilan boʻshaydigan 35 kishidan iborat shtatdagi хodimlarning:

7 nafari  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi kotibiyatini tashkil etishga;

28 nafari  Qoraqalpoiston Respublikasi oliy sudlarida, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarida va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarida sud amaliyoti va sud statistikasini tizimli tahlil etish boʻyicha хizmatlarni tashkil etishga yoʻnaltirilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari хodimlarning tasdiqlangan soni doirasida sudlar malaka hay’atlarining boshqa vazifalardan ozod qilingan kotiblari lavozimini kiritishni nazarda tutsinlar.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M.Nurmurodov) Oliy sud, Departament, Qoraqalpoiston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarining хarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A.Polvon-zoda), Oliy sud (U.Mingboyev) hamda Oliy хoʻjalik sudi (M.Abdusalomov) amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar qoʻshish toʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 martdagi 120-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                               I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., N 9, 55-modda.