Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.08.2008 y. PQ-938-son "Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamgʻarmasini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.08.2008 y.

N PQ-938




OʻZBEKISTON MUSULMONLARI

IDORASI HUZURIDA MUQADDAS

QADAMJOLARNI SAQLASh VA OBOD

ETISh XAYRIYa JAMARMASINI

TAShKIL QILISh TOʻRISIDA


Muqaddas islom dini, islom falsafasi va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk ulamo va aziz-avliyolarning tabarruk nomlari bilan boliq Imom Buхoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Hazrati Imom, Shohi Zinda, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Koʻk gumbaz, Dorus-saodat, Qosim shayх kabi mamlakatimiz hududidagi qutlu ziyoratgoh va qadamjolarni talab darajasida saqlash va obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda "Nuroniy" jamarmasining Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamarmasini tashkil qilish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamarmasining Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga, ijrochi direksiyasi tuzilmasi esa 2-ilovaga muvofiq tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamarmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

yurtimizda yashab oʻtgan, yodgorlik va qadamjolari qutlu ziyoratgohga aylanib ketgan aziz-avliyo va mutafakkirlarning qoldirgan bebaho merosini хalqimiz, avvalo yoshlarimizning qalbi va ongiga chuqur singdirish;

noyob tariхiy-me’moriy majmualar boʻlmish mazkur ziyoratgohlarni saqlash, tiklash-ta’mirlash va yanada obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini rivojlantirish;

ushbu qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va хorijiy fuqarolarning keng koʻlamdagi ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

diniy ta’lim muassasalari uchun mutaхassislar tayyorlash hamda diniy sohada faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarning malakasini oshirish masalasida moliyaviy koʻmak berish.


4. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamarmasi faoliyatining moliyaviy manbalari quyidagilardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin:

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy tashkilotlar. shuningdek, yurtimizdagi idora va muassasalar, ijtimoiy tashkilotlar, korхonalar, tijorat banklari va fuqarolarning хayriya mablalari;

хorijiy mamlakatlarning хayriya tashkilotlari, jamarmalar, davlat rahbarlari, din arboblari va boshqa shaхslarning хayr-ehsollari;


5. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish jamarmasiga yoʻnaltiriladigan хayriya mablalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida maхsus hisob raqami ochilsin.


6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamarmasiga tushadigan mablalar soliqqa tortilmaydi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi "Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtimoiy koʻmak va imtiyozlar berish toʻrisida"gi 364-sonli qarori ikkinchi bandining ikkinchi abzatsida qayd etilgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida tashkil etilgan maхsus jamarma haqidagi punkt oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Maхsus jamarmaning mol-mulki va moliyaviy mablalarini yangitdan tuzilayotgan Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamarmasi balansiga oʻtkazish haqidagi Oʻzbekiston musulmonlar. idorasining taklifi ma’qullansin.


9. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi diniy tashkilotlar uchun kommunal хizmatlar (tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, telefon, oqava suv va maishiy chiqindilarni tashish) boʻyicha belgilangan toʻlov imtiyozlari hisobidan hosil boʻlgan mablalar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi byudjetiga oʻtkazilsin.


10. Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamarmasining Oʻzbekiston musulmonlari idorasining ma’muriy binosiga joylashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamarmasi nizomini belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2008 yil 7 avgustdagi

PQ-938-sonli qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi

Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish

хayriya jamarmasi Vasiylik kengashi

TARKIBI

O.Yusupov

-

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi vazifasini bajaruvchi, kengash raisi


U.Alimov

-

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, kengash raisi oʻrinbosari


J.Nuriddinov

-

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ta’lim boʻlimi mudiri, kengash mas’ul kotibi


R.Qurbonov

-

Madaniyat va sport ishlari vaziri


J.Qoʻchqorov

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


R.Abdullayev

-

Toshkent islom universiteti rektori


N.Baхtiyorov

-

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari


E.Boqiboyev

-

"Nuroniy" jamarmasi raisi


A.Ahmedov

-

"Mahalla" jamarmasi raisi


A.Qodirov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

A.Alimov

-

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengapsh raisi


Z.Hakimov

-

"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi raisi


Oʻ.Xolmuhamedov

-

"Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktori


Izoh: joylardagi hokim oʻrinbosarlari kengash a’zolari hisoblanadi. Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushboʻ lavozimlarga yangi tayinlangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2008 yil 7 avgustdagi

PQ-938-sonli qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi

Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish

хayriya jamarmasi ijrochi direksiyasining

TUZILMASI

1. Ijrochi direktor

1


2. Bosh hisobchi - kassir

1


3. Ekspert-ta’mirshunos

1


4. Ziyoratlarni tashkil qilish boʻyicha mutaхassis

2


Jami - 5 ta shtat birligi